حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ، حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنِ ابْنِ عَجْلاَنَ، عَنِ الْقَعْقَاعِ بْنِ حَكِيمٍ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " إِنَّ الْعَبْدَ إِذَا أَخْطَأَ خَطِيئَةً نُكِتَتْ فِي قَلْبِهِ نُكْتَةٌ سَوْدَاءُ فَإِذَا هُوَ نَزَعَ وَاسْتَغْفَرَ وَتَابَ سُقِلَ قَلْبُهُ وَإِنْ عَادَ زِيدَ فِيهَا حَتَّى تَعْلُوَ قَلْبَهُ وَهُوَ الرَّانُ الَّذِي ذَكَرَ اللَّهُ : ( كلاَّ بَلْ رَانَ عَلَى قُلُوبِهِمْ مَا كَانُوا يَكْسِبُونَ ) " . قَالَ هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu) Rasululloh ﷺdan rivoyat qiladi: U zot: «Albatta, banda bir xato (gunoh) qilsa, qalbida bir qora nuqta paydo boʻladi. Agar u (gunohdan) qaytib, magʻfirat soʻrab, tavba qilsa, qalbi yaltiratib (tozalab) qoʻyiladi. Agar u (gunohga) qaytsa, u (nuqta) qalbini qoplab olguncha koʻpaytiriladi. Mana shu — Alloh zikr qilgan ‹ron› (qoplam)dir: {Yoʻq! Balki ular qilib yurgan (gunohlar) qalblarini qoplab oldi} (Mutaffifin 14)», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.