حَدَّثَنَا مَحْمُودُ بْنُ غَيْلاَنَ، حَدَّثَنَا وَهْبُ بْنُ جَرِيرٍ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ مُطَرِّفِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ الشِّخِّيرِ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّهُ انْتَهَى إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم وَهُوَ يَقْرَأُ ( أَلْهَاكُمُ التَّكَاثُرُ ) قَالَ " يَقُولُ ابْنُ آدَمَ مَالِي مَالِي وَهَلْ لَكَ مِنْ مَالِكَ إِلاَّ مَا تَصَدَّقْتَ فَأَمْضَيْتَ أَوْ أَكَلْتَ فَأَفْنَيْتَ أَوْ لَبِسْتَ فَأَبْلَيْتَ " . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ .
Mutarrif ibn Abdulloh ibn Shixxiyr otasi (roziyallohu anhu)dan rivoyat qiladiki, u Nabiy ﷺning oldilariga yetib bordi, u zot {Koʻpaytirishga ruju qilish (boylik toʻplashga berilish) sizlarni gʻofil qildi} (Takosur 1) (surasini) oʻqiyotgan edilar. U zot dedilar: «Odam farzandi: ‹Molim, molim›, deydi. Holbuki, molingdan senga sadaqa qilib oʻtkazganing, yo yeb tugatganing, yoki kiyib eskirtganingdan boshqa narsa boʻlarmidi?» Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.