حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ الأَسْوَدِ أَبُو عَمْرٍو الْبَصْرِيُّ، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ رَبِيعَةَ، عَنِ ابْنِ جُرَيْجٍ، عَنْ عَطَاءٍ، عَنْ عَائِشَةَ، رضى الله عنها قَالَتْ كَانَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم إِذَا رَأَى الرِّيحَ قَالَ " اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ مِنْ خَيْرِهَا وَخَيْرِ مَا فِيهَا وَخَيْرِ مَا أُرْسِلَتْ بِهِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّهَا وَشَرِّ مَا فِيهَا وَشَرِّ مَا أُرْسِلَتْ بِهِ " . قَالَ أَبُو عِيسَى وَفِي الْبَابِ عَنْ أُبَىِّ بْنِ كَعْبٍ رضى الله عنه وَهَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ shamolni koʻrganlarida: «Allohumma inni asʼaluka min xayriha va xayri ma fiha va xayri ma ursilat bih, va aʼuzu bika min sharriha va sharri ma fiha va sharri ma ursilat bih (Ey Allohim, men Sendan uning yaxshiligini, undagi narsaning yaxshiligini va u bilan yuborilgan narsaning yaxshiligini soʻrayman hamda uning yomonligidan, undagi narsaning yomonligidan va u bilan yuborilgan narsaning yomonligidan Senga panoh tilayman)», der edilar. Abu Iso aytdi: Bu bobda Ubay ibn Kaʼb (roziyallohu anhu)dan ham (hadis) bor. Bu hadis hasandir.