حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ جَعْفَرٍ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ عَمْرِو بْنِ مُرَّةَ، قَالَ سَمِعْتُ أَبَا وَائِلٍ، قَالَ سَمِعْتُ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ مَسْعُودٍ، يَقُولُ قُلْتُ لَهُ أَأَنْتَ سَمِعْتَهُ مِنْ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ نَعَمْ . وَرَفَعَهُ أَنَّهُ قَالَ " لاَ أَحَدَ أَغْيَرُ مِنَ اللَّهِ وَلِذَلِكَ حَرَّمَ الْفَوَاحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَ وَلاَ أَحَدَ أَحَبُّ إِلَيْهِ الْمَدْحُ مِنَ اللَّهِ وَلِذَلِكَ مَدَحَ نَفْسَهُ " . قَالَ هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ مِنْ هَذَا الْوَجْهِ .
Amr ibn Murra aytdi: Men Abu Voilning shunday deganini eshitdim: «Men Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)ning shunday deganini eshitdim». Men unga: «Buni Abdullohdan oʻzing eshitdingmi?» dedim. U: «Ha», dedi va uni marfu (Nabiy ﷺga nisbat) qilib (keltirdi): U zot: «Allohdan koʻra gʻayuri (rashk qiluvchisi) boʻlgan hech kim yoʻq, shuning uchun U fahsh ishlarni — uning oshkorasini ham, yashirinini ham harom qildi. Va Allohdan koʻra madh (maqtov) Oʻziga sevikliroq boʻlgan hech kim yoʻq, shuning uchun U Oʻzini madh qildi», dedilar. (Abu Iso) aytdi: Bu hadis bu yoʻl bilan hasan sahihdir.