حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا حَفْصُ بْنُ عُمَرَ الشَّنِّيُّ، حَدَّثَنِي أَبِي عُمَرُ بْنُ مُرَّةَ، قَالَ سَمِعْتُ بِلاَلَ بْنَ يَسَارِ بْنِ زَيْدٍ، مَوْلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم حَدَّثَنِي أَبِي عَنْ جَدِّي سَمِعَ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " مَنْ قَالَ أَسْتَغْفِرُ اللَّهَ الْعَظِيمَ الَّذِي لاَ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ الْحَىَّ الْقَيُّومَ وَأَتُوبُ إِلَيْهِ . غُفِرَ لَهُ وَإِنْ كَانَ فَرَّ مِنَ الزَّحْفِ " . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ لاَ نَعْرِفُهُ إِلاَّ مِنْ هَذَا الْوَجْهِ .
Nabiy ﷺning ozod qilgan quli Zayd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u Nabiy ﷺning: «Kim: ‹Astagʻfirullohal-azimallaziy lo iloha illo huval-hayyal-qayyuma va atubu ilayh — Undan boshqa iloh boʻlmagan, tirik va (borliqni) tutib turuvchi Ulugʻ Allohdan magʻfirat soʻrayman va Unga tavba qilaman›, desa, garchi jang maydonidan qochgan boʻlsa ham, magʻfirat qilinadi», deganlarini eshitdi. Abu Iso aytdi: Bu gʻarib hadis boʻlib, uni faqat shu yoʻl bilan bilamiz.