حَدَّثَنَا حُسَيْنُ بْنُ يَزِيدَ الْكُوفِيُّ، قَالَ حَدَّثَنَا عَبْدُ السَّلاَمِ بْنُ حَرْبٍ، عَنْ أَبِي الْجَحَّافِ، عَنْ جُمَيْعِ بْنِ عُمَيْرٍ التَّيْمِيِّ، قَالَ دَخَلْتُ مَعَ عَمَّتِي عَلَى عَائِشَةَ فَسُئِلَتْ أَىُّ النَّاسِ كَانَ أَحَبَّ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَتْ فَاطِمَةُ . فَقِيلَ مِنَ الرِّجَالِ قَالَتْ زَوْجُهَا إِنْ كَانَ مَا عَلِمْتُ صَوَّامًا قَوَّامًا . هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ غَرِيبٌ . وَأَبُو الْجَحَّافِ اسْمُهُ دَاوُدُ بْنُ أَبِي عَوْفٍ وَيُرْوَى عَنْ سُفْيَانَ الثَّوْرِيِّ قَالَ حَدَّثَنَا أَبُو الْجَحَّافِ وَكَانَ مَرْضِيًّا .
Jumayʼ ibn Umayr at-Taymiy rivoyat qiladi: «Men ammam bilan Oisha (roziyallohu anho)ning huzuriga kirdim. Undan: ‹Rasululloh ﷺga odamlarning eng suyukligi kim edi?› deb soʻralganda, u: ‹Fotima›, dedi. ‹Erkaklardan-chi?› deyilganda, u: ‹Uning eri — men bilganimcha, u koʻp roʻza tutuvchi, koʻp (namozga) turuvchi edi›, dedi». Bu hadis hasan gʻaribdir. Abul Jahhofning ismi Dovud ibn Abu Avfdir. Sufyon as-Savriydan rivoyat qilinishicha, u: «Bizga Abul Jahhof rivoyat qildi, u (haqida xalq) rozi boʻlgan (ishonchli) edi», degan.