حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ مَنِيعٍ، حَدَّثَنَا هُشَيْمٌ، أَخْبَرَنَا مَنْصُورٌ، وَهُوَ ابْنُ زَاذَانَ عَنِ ابْنِ سِيرِينَ، عَنْ أُمِّ عَطِيَّةَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ يُخْرِجُ الأَبْكَارَ وَالْعَوَاتِقَ وَذَوَاتِ الْخُدُورِ وَالْحُيَّضَ فِي الْعِيدَيْنِ فَأَمَّا الْحُيَّضُ فَيَعْتَزِلْنَ الْمُصَلَّى وَيَشْهَدْنَ دَعْوَةَ الْمُسْلِمِينَ قَالَتْ إِحْدَاهُنَّ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنْ لَمْ يَكُنْ لَهَا جِلْبَابٌ قَالَ " فَلْتُعِرْهَا أُخْتُهَا مِنْ جَلاَبِيبِهَا " .
Ummu Atiyya (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ ikki hayitda bokira qizlarni, balogʻatga yetgan qizlarni, parda (ortida saqlanadigan) qizlarni va hayizli ayollarni (musallaga) chiqarar edilar. Hayizli ayollar esa namozgohdan chetda turib, musulmonlarning duosida ishtirok etar edilar. Ulardan biri: «Ey Rasululloh, agar (ulardan birining) jilbobi boʻlmasa-chi?» dedi. U zot: «Singlisi oʻz jilboblaridan unga (bittasini) berib tursin», dedilar.