حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي عُمَرَ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ عِكْرِمَةَ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ رَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَسْجُدُ فِي ص . قَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ وَلَيْسَتْ مِنْ عَزَائِمِ السُّجُودِ . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ . وَاخْتَلَفَ أَهْلُ الْعِلْمِ فِي ذَلِكَ فَرَأَى بَعْضُ أَهْلِ الْعِلْمِ مِنْ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم وَغَيْرِهِمْ أَنْ يَسْجُدَ فِيهَا . وَهُوَ قَوْلُ سُفْيَانَ الثَّوْرِيِّ وَابْنِ الْمُبَارَكِ وَالشَّافِعِيِّ وَأَحْمَدَ وَإِسْحَاقَ . وَقَالَ بَعْضُهُمْ إِنَّهَا تَوْبَةُ نَبِيٍّ وَلَمْ يَرَوُا السُّجُودَ فِيهَا .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺni Sod surasida sajda qilayotganlarini koʻrdim. Ibn Abbos aytdi: U sajdaning azimalaridan (qatʼiy vojib sajdalardan) emas. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Ahli ilm bu masalada ixtilof qilishgan. Nabiy ﷺning ashoblari va boshqalardan boʻlgan baʼzi ahli ilm unda sajda qilishni (maʼqul) koʻrishgan. Bu Sufyon Savriy, Ibnul-Muborak, Shofeʼiy, Ahmad va Ishoqning soʻzidir. Baʼzilari esa: «U bir paygʻambarning tavbasidir», deyishib, unda sajda qilishni (lozim) deb koʻrishmagan.