حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَهَّابِ الثَّقَفِيُّ، حَدَّثَنَا خَالِدٌ الْحَذَّاءُ، عَنْ أَبِي الْعَالِيَةِ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ فِي سُجُودِ الْقُرْآنِ بِاللَّيْلِ " سَجَدَ وَجْهِيَ لِلَّذِي خَلَقَهُ وَشَقَّ سَمْعَهُ وَبَصَرَهُ بِحَوْلِهِ وَقُوَّتِهِ " . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ kechasi Qurʼon sajdasida: «Sajada vajhiya lillaziy xalaqahu va shaqqa samʼahu va basarahu bihavlihi va quvvatihi (Yuzim oʻzini yaratgan, Oʻz qudrati va quvvati bilan unga eshitish va koʻrish (qobiliyatini) ato etgan Zotga sajda qildi)», der edilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.