حَدَّثَنَا هَنَّادٌ، حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، عَنْ هِشَامٍ، بِنَحْوِهِ إِلاَّ أَنَّهُ قَالَ قَدْرُ قِرَاءَةِ خَمْسِينَ آيَةً . قَالَ وَفِي الْبَابِ عَنْ حُذَيْفَةَ . قَالَ أَبُو عِيسَى حَدِيثُ زَيْدِ بْنِ ثَابِتٍ حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ . وَبِهِ يَقُولُ الشَّافِعِيُّ وَأَحْمَدُ وَإِسْحَاقُ اسْتَحَبُّوا تَأْخِيرَ السُّحُورِ .
Zayd ibn Sobit (roziyallohu anhu)dan (boshqa isnod bilan) shunga oʻxshash rivoyat qilinadi, faqat unda: «Ellik oyat oʻqish miqdorida», deyilgan. (Roviy) aytdi: Bu bobda Huzayfadan ham (hadis bor). Abu Iso aytdi: Zayd ibn Sobitning hadisi hasan sahihdir. Shofeiy, Ahmad va Ishoq ham shunga koʻra aytib, saharlikni kechiktirishni mustahab sanaganlar.