حَدَّثَنَا هَنَّادٌ، وَأَبُو كُرَيْبٍ قَالاَ حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، عَنْ حَاجِبِ بْنِ عُمَرَ، عَنِ الْحَكَمِ بْنِ الأَعْرَجِ، قَالَ انْتَهَيْتُ إِلَى ابْنِ عَبَّاسٍ وَهُوَ مُتَوَسِّدٌ رِدَاءَهُ فِي زَمْزَمَ فَقُلْتُ أَخْبِرْنِي عَنْ يَوْمِ عَاشُورَاءَ أَىُّ يَوْمٍ هُوَ أَصُومُهُ فَقَالَ إِذَا رَأَيْتَ هِلاَلَ الْمُحَرَّمِ فَاعْدُدْ ثُمَّ أَصْبِحْ مِنَ التَّاسِعِ صَائِمًا . قَالَ فَقُلْتُ أَهَكَذَا كَانَ يَصُومُهُ مُحَمَّدٌ صلى الله عليه وسلم قَالَ نَعَمْ .
Hakam ibn al-Aʼraj (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u shunday dedi: «Men Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)ning oldiga bordim, u Zamzam (qudugʻi) yonida ridosini yostiq qilib yotgan edi. Men: ‹Menga Oshuro kuni haqida xabar bergin, u qaysi kun, qachon roʻza tutaman?›, dedim. U: ‹Muharram hilolini koʻrganingda, sanab borgin, soʻng toʻqqizinchi kuni roʻzador boʻlib tongni qarshi olgin›, dedi. Men: ‹Muhammad ﷺ shunday roʻza tutarmidilar?›, dedim. U: ‹Ha›, dedi».