حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ، حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ زُرَيْعٍ، عَنْ رَجَاءٍ أَبِي يَحْيَى، قَالَ سَمِعْتُ مُسَافِعًا الْحَاجِبَ، قَالَ سَمِعْتُ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عَمْرٍو، يَقُولُ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " إِنَّ الرُّكْنَ وَالْمَقَامَ يَاقُوتَتَانِ مِنْ يَاقُوتِ الْجَنَّةِ طَمَسَ اللَّهُ نُورَهُمَا وَلَوْ لَمْ يَطْمِسْ نُورَهُمَا لأَضَاءَتَا مَا بَيْنَ الْمَشْرِقِ وَالْمَغْرِبِ " . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا يُرْوَى عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو مَوْقُوفًا قَوْلُهُ . وَفِيهِ عَنْ أَنَسٍ أَيْضًا وَهُوَ حَدِيثٌ غَرِيبٌ .
Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: U Rasululloh ﷺning shunday deganlarini eshitgan: «Albatta, (Hajar-ul-asvad joylashgan) rukn bilan Maqom (Ibrohim) jannat yoqutlaridan ikki yoqutdir. Alloh ularning nurini oʻchirib qoʻygan. Agar ularning nurini oʻchirmaganida edi, ular sharq bilan gʻarb orasini yoritib yuborgan boʻlar edilar», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu (hadis) Abdulloh ibn Amrdan uning oʻz soʻzi sifatida mavquf qilib rivoyat qilinadi. Bu bobda Anasdan ham (rivoyat) bor. Bu gʻarib hadisdir.