حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا أَبُو دَاوُدَ، عَنْ هَمَّامٍ، عَنْ خِلاَسٍ، نَحْوَهُ . وَلَمْ يَذْكُرْ فِيهِ عَنْ عَلِيٍّ، . قَالَ أَبُو عِيسَى حَدِيثُ عَلِيٍّ فِيهِ اضْطِرَابٌ . وَرُوِيَ هَذَا الْحَدِيثُ، عَنْ حَمَّادِ بْنِ سَلَمَةَ، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ عَائِشَةَ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم نَهَى أَنْ تَحْلِقَ الْمَرْأَةُ رَأْسَهَا . وَالْعَمَلُ عَلَى هَذَا عِنْدَ أَهْلِ الْعِلْمِ لاَ يَرَوْنَ عَلَى الْمَرْأَةِ حَلْقًا وَيَرَوْنَ أَنَّ عَلَيْهَا التَّقْصِيرَ .
Xilos (rahimahulloh)dan oldingisiga oʻxshash (rivoyat keltirildi), lekin unda «Alidan» deb zikr qilmadi. Abu Iso aytdi: Alining hadisida iztirob (chalkashlik) bor. Bu hadis Hammod ibn Salama orqali, Qatodadan, Oishadan ham rivoyat qilinganki, Nabiy ﷺ ayol kishi boshini oldirishidan qaytardilar. Ilm ahlining ameli shu boʻyicha boʻlib, ular ayol kishiga soch oldirishni (lozim) deb koʻrmaydilar, balki unga qisqartirish (lozim) deb biladilar.