QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Fatiha surasi · Oyatсураси · Оят7

صِرَٰطَ ٱلَّذِينَ أَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ غَيْرِ ٱلْمَغْضُوبِ عَلَيْهِمْ وَلَا ٱلضَّآلِّينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`zing ne'mat berganlarning yo`liga. G`azabga qolganlarnikiga ham emas, adashganlarnikiga ham emas.Ўзинг неъмат берганларнинг йўлига. Ғазабга қолганларникига ҳам эмас, адашганларникига ҳам эмас.Alauddin Mansour: U shunday zotlarning yoʻliki, Sen Oʻzing ularga inʼom qilgansan — ular gʻazabga duchor boʻlmagan va zalolatga ketmagan — adashmaganlarning yoʻlidir.У шундай зотларнинг йўлики, Сен Ўзинг уларга инъом қилгансан — улар ғазабга дучор бўлмаган ва залолатга кетмаган — адашмаганларнинг йўлидир.

1-sahifa · 1-juz · 1-hizb1-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
صِرَٰطَyoʻligaйўлигаٱلَّذِينَoʻshalarningўшаларнингأَنْعَمْتَOʻzing neʼmat berganЎзинг неъмат берганعَلَيْهِمْulargaуларгаغَيْرِemasэмасٱلْمَغْضُوبِgʻazabga duchor boʻlganlarғазабга дучор бўлганларعَلَيْهِمْulargaуларгаوَلَاva emasва эмасٱلضَّآلِّينَadashganlarnikigaадашганларникига
TafsirТафсир

«Oʻzing neʼmat berganlar»dan murod–Paygʻambarlar, siddiqlar, shahidlar va solih bandalardir.

«Fazabga duchor boʻlganlar»dan murod–yahudiylardir.

Yahudiylarning gʻazabga duchor boʻlishlarining sabablari koʻp, jumladan, ularning anbiyolarni oʻldirishlari, Allohga bergan ahdlariga vafo qilmasliklari va hokazolar. Lekin ularning Allohning gʻazabiga duchor boʻlishlarining eng katta sababi–bilganlariga amal qilmasliklari. Alloh ularga ilm bergan, ular esa, bila turib ilmga amal qilmaganlar. Demak, yahudiylar yoʻl qoʻygan xatoni takrorlamaslik kerak.

«Adashganlar»dan murod–nasroniylar.

Nasroniylarning «adashganlar» boʻlishlarining ham bir qancha sabablari bor. Eng asosiysi–ular maqsadga erishish yoʻlida Alloh koʻrsatgan yoʻlni emas, oʻzlari topgan yoʻlni tanlaganlar, yaʼni Iyso Paygʻambar oldilarida oʻzlarini aybdor deb bilib, uni rozi qilamiz deb, Alloh aytmagan ibodatlarni va ishlarni, aqiydalarni oʻzlaricha joriy qilganlar. Bu ham notoʻgʻri yoʻl. Demak, oyatning maʼnosi: «Ey Alloh, bizni oʻtgan anbiyoyu avliyo, azizlarning yoʻlidan boshlagin, yahudiy va nasroniylar yoʻlidan boshlamagin», deganidir.

Bu sura oyatlari oz boʻlishiga qaramay, ulkan maʼnolarni oʻz ichiga olgan, shuning uchun ham, «Ummul Qurʼon»–«Qurʼonning onasi» deb nomlanadi. Unda Alloh taologa maqtov, uning sifatlari, qiyomat kuni egasiligi, ibodat, ixlos, duo, yolvorish, yaxshi ummatlarning zikri va yomon yoʻldan yurganlarning oqibati nima boʻlganligi zikr qilinadi.

Shuning uchun ham, namozning har bir rakʼatida «Fotiha» surasini oʻqishga buyurilgan, uni takror-takror oʻqib turiladi. Oʻqiganda maʼnosini tadabbur–mulohaza qilib oʻqilsa, maqsadga muvofiq boʻladi.

Buyuk vatandoshimiz imom Nasaiy mashhur sahobiy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi qudsiyda (hadisi qudsiy oyat bilan hadis oʻrtasidagi martabaga ega rivoyat, uning maʼnosi va lafzi Alloh tarafidan boʻladi, lekin ojiz qoldirish, moʻʼjizalik xususiyati yoʻq) Alloh taolo aytadi:

«Namozni Oʻzim bilan bandam orasida ikkiga boʻlganman, bandam nimani soʻrasa, beraman. Agar u (banda): «Alhamdu lillahi robbil alamiyn» desa,

Alloh: bandam menga hamd–shukr aytdi», deydi.

Banda: «ar-Rohmanir Rohiym», desa,

Alloh: «Bandam menga sano–maqtov aytdi», deydi.

Banda: «Maliki yavmiddin», desa,

Alloh: «Bandam meni ulugʻladi», deydi.

Banda: «Iyyaaka naʼbudu va iyyaaka nastaʼiyn», desa,

Alloh: «Bu men bilan bandam orasidagi narsa, bandam nimani soʻrasa, beraman», deydi.

Agar banda: «Ihdinas sirotal mustaqiym, sirotallaziyna anʼamta alayhim gʻoyril magʻzubi alayhim valaz zoolliyn», desa,

Alloh: «Bu bandamga xos, soʻraganini berdim», deydi.