QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Fatiha surasi · Oyatсураси · Оят6

ٱهْدِنَا ٱلصِّرَٰطَ ٱلْمُسْتَقِيمَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bizni to`g`ri yo`lga hidoyat qilgin.Бизни тўғри йўлга ҳидоят қилгин.Alauddin Mansour: Bizlarni Toʻgʻri Yoʻlga yoʻllagaysan.Бизларни Тўғри Йўлга йўллагайсан.

1-sahifa · 1-juz · 1-hizb1-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱهْدِنَاbizni boshlaginбизни бошлагинٱلصِّرَٰطَyoʻlgaйўлгаٱلْمُسْتَقِيمَtoʻgʻriтўғри
TafsirТафсир

Hidoyatga–toʻgʻri yoʻlga boshlash, lugʻatda biror narsaga lutf bilan yoʻllab qoʻyishga aytiladi. Ulamolar nazdida, shunday hidoyatga–yoʻlga boshlash bir necha darajali boʻlar ekan:

a) Alloh insonga qoʻshib yaratgan tuygʻularning hidoyati–yoʻl koʻrsatishi. Misol uchun, chaqaloqning birov oʻrgatmasa ham onasini emishi, xavf yaqinlashganda koʻzini yumishi, qorni ochganda yigʻlashi va hokazolar ana shu hidoyatlar jumlasiga kiradi. Buni ilmiy tilda «tugʻma instinkt» deyiladi. Lekin bu toifadagi hidoyat insonning barcha talablarini qondira olmaydi. Ular faqatgina baʼzi bir ehtiyojlarni qondirishi mumkin, xolos.

b) Inson aʼzolarining his qilishi hidoyati–yoʻl koʻrsatishi: hidlash, eshitish, koʻrish, ushlab koʻrish kabi sezgilar orqali maʼlum bir narsalarga hidoyat topsa boʻladi, lekin bular ham kifoya qilmaydi, hammalari maʼlum bir chegaragacha yaraydi, xolos. Misol uchun, koʻz maʼlum uzoqlikdagi va maʼlum kattalikdagi narsalarnigina koʻra oladi. Baʼzida esa, his qilish aʼzolari xato qilishi ham mumkin. Misol uchun, katta tezlikda ketayotgan kishiga qizil chiroq yashil boʻlib koʻrinishi hammaga maʼlum. Koʻrinib turibdiki, ikkinchi toifadagi hidoyat birinchi toifadagi hidoyatdan ustun va toʻlaroq boʻlsa ham, insonni ikki dunyo baxt-saodati ila taʼminlashga mutlaqo yetishmaydi. Endi, undan ham mukammalroq hidoyat bormi, degan savol paydo boʻladi. Bu savolga, ha, undan ham mukammalroq hidoyat bor, u–aql hidoyatidir, deb javob beriladi.

v) Aql yordamida inson yuqorida zikr qilingan vositalar ojiz qolgan narsalardan hidoyat topadi, ularning xatosini tuzatadi. Masalan: suvda biror narsaning aksini singan holatda koʻrish mumkin, bu koʻzning xabari, lekin aql aksi suvda shunday koʻrinayotgan narsaning aslida butun, toʻgʻriligiga hidoyat qiladi. Kasal odamga shirin taom ham nordon tuyulishi mumkin, lekin aql u taom aslida shirin ekanini bildiradi.

«Demak hamma narsani aql orqali ajratib, saodat yoʻlini topib ketsa boʻlar ekan-da?» degan savol tugʻiladi. Koʻpchilik «Ha!»–deb javob ham beradi. Lekin musulmonlar «Aql ham toʻla hidoyatga qodir emas, dunyoga nazar soling: hamma aqlni ishga solib turli yoʻlga kiryapti va hamma oʻzinikini toʻgʻri deb, daʼvo qiladi. Lekin hammalari bir-birlariga xilof ish qiladilar. Koʻpincha aqlga or boʻladigan narsalarni ham qonun-qoida qilib olaveradilar. Shuning uchun, aqlning oʻzi insonni ikki dunyo baxti-saodati yoʻliga yetarli darajada hidoyat qila olmaydi. Aqlning ustidan ham hukmini oʻtkazuvchi hidoyat bor», deyishadi. U esa, toʻrtinchi–eng oliy darajadagi hidoyatdir.

g) Ilohiy–diniy hidoyat. Insonni yaratgan Alloh uni ikki dunyo saodatiga erishtiruvchi yoʻlni ham biladi. Shuning uchun, bandalariga diniy koʻrsatmalar yuborib, ularni toʻgʻri yoʻlga solib turadi. Bu koʻrsatmalarning soʻnggisi Islomdir.

Shuning uchun ham, musulmonlar ushbu oyati karimani namozlarida doimiy ravishda oʻqib, Alloh taolodan hidoyat soʻrab, oʻzlari erishgan Islom hidoyatida bardavom qilishini tilab turadilar.