QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Fatiha surasi · Oyatсураси · Оят5

إِيَّاكَ نَعْبُدُ وَإِيَّاكَ نَسْتَعِينُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Faqat Sengagina ibodat qilamiz va faqat Sendangina yordam so`raymiz.Фақат Сенгагина ибодат қиламиз ва фақат Сендангина ёрдам сўраймиз.Alauddin Mansour: Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina madad soʻraymiz.Сенгагина ибодат қиламиз ва Сендангина мадад сўраймиз.

1-sahifa · 1-juz · 1-hizb1-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِيَّاكَfaqat Sengaginaфақат Сенгагинаنَعْبُدُibodat qilamizибодат қиламизوَإِيَّاكَva faqat Sendanginaва фақат Сендангинаنَسْتَعِينُyordam soʻraymizёрдам сўраймиз
TafsirТафсир

Bizda «ibodat» deganda, faqat namoz oʻqish, roʻza tutish, zikr, Qurʼon qiroati kabi narsalar tushuniladigan boʻlib qolgan. Toʻgʻri, bular ulkan ibodatlar, lekin, aslida, Allohga manzur boʻlgan har bir ish ibodatdir. Demak, inson oʻz hayotida Allohning aytganini qilib yursa, ibodatda yurgan boʻladi. Alloh halol rizq top, deb buyurganmi, demak, halol rizq topish harakatida yurganlar ibodatda boʻladilar. Albatta, halol rizq topish ibodat ekan, deb boshqa farz, vojib va sunnat amallarni tark qilinmaydi. Masalan, namoz va roʻzani tark qilishga hech kimning haqqi yoʻq. Xullasi kalom, «Iyyaaka naʼbudu» «faqat Sening aytganingni qilamiz» maʼnosini anglatadi. Bu esa, banda tarafidan Allohga berilgan ulkan vaʼdadir. Alloh taolo barchamizni ushbu vaʼdaning ustidan chiqadiganlardan qilsin.

«Iyyaaka nastaʼiyn» ham xuddi shunday, faqat Allohdangina yordam soʻrash maʼnosini anglatadi. Odatda, biror ishga qattiq urinib, kuchi yetmay qolgan taqdirda yordam soʻrashga arablar «istiʼona» soʻzining turli koʻrinishlarini ishlatadilar. Ushbu oyati karimada «Iyyaaka nastaʼiyn» deyilishi ham, oʻzimiz imkoni boricha harakat qilib, imkonini topa olmay qolganimizda, faqat Sendangina yordam soʻraymiz, degan maʼnoni bildiradi. Harakat qilmay, dangasa boʻlib yotib olgan holda, birovdan yordam soʻralmaydi. Mulohaza qilsangiz, ikkala ishda ham–ibodat qilishda ham va yordam soʻrashda ham birlik emas, koʻplik lafzi ishlatilyapti, bu esa, Islomda jamoatchilik, koʻpchilik bilan boʻlish ruhini aks ettiradi.