QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят1

الٓر ۚ تِلْكَ ءَايَـٰتُ ٱلْكِتَـٰبِ ٱلْحَكِيمِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alif. Laam. Ro. Bular, hikmatli kitobning oyatlaridir.Алиф. Лаам. Ро. Булар, ҳикматли китобнинг оятларидир.Alauddin Mansour: Alif, Lom, Ro. Bu hikmatli Kitob oyatlaridir.Алиф, Лом, Ро. Бу ҳикматли Китоб оятларидир.

208-sahifa · 11-juz · 21-hizb208-саҳифа · 11-жуз · 21-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
الٓر ۚAlif. Lom. Ro.Алиф. Лом. Ро.تِلْكَbularбуларءَايَـٰتُoyatlaridirоятларидирٱلْكِتَـٰبِkitobningкитобнингٱلْحَكِيمِhikmatliҳикматли
TafsirТафсир

«Yunus» surasi ham «Baqara», «Oli Imron» va «Aʼrof» suralari kabi, alifbo harflaridan baʼzisining zikri bilan boshlanadi. Bu haqda avval batafsil tushuntirish berilgan. Ana oʻsha harflardan tashkil topgan oyatlar hikmatli kitobning oyatlaridir.

Qurʼon Alloh taoloning hikmat toʻla kitobidir. Uning har bir soʻzi, har bir oyati cheksiz hikmatdan iboratdir. Undan boshqa kitobda bunchalik hikmatni qidirgan odam adashadi. Bu kitobning naqadar hikmatliligini kelasi oyatlarda ham koʻramiz: