أَكَانَ لِلنَّاسِ عَجَبًا أَنْ أَوْحَيْنَآ إِلَىٰ رَجُلٍ مِّنْهُمْ أَنْ أَنذِرِ ٱلنَّاسَ وَبَشِّرِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَنَّ لَهُمْ قَدَمَ صِدْقٍ عِندَ رَبِّهِمْ ۗ قَالَ ٱلْكَـٰفِرُونَ إِنَّ هَـٰذَا لَسَـٰحِرٌ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Odamlarga o`zlaridan bo`lgan bir kishiga vahiy yuborib: «Odamlarni ogohlantir va iymon keltirganlarga Robbilari huzurida ular uchun sobitqadamlik borligining bashoratini ber», deganimiz ajablanarli bo`ldimi? Kofirlar: «Albatta, bu ochiq-oydin sehrgardir», dedilar.Одамларга ўзларидан бўлган бир кишига ваҳий юбориб: «Одамларни огоҳлантир ва иймон келтирганларга Роббилари ҳузурида улар учун собитқадамлик борлигининг башоратини бер», деганимиз ажабланарли бўлдими? Кофирлар: «Албатта, бу очиқ-ойдин сеҳргардир», дедилар.Alauddin Mansour: Bu odamlar uchun oʻzlaridan boʻlgan bir kishiga (yaʼni, Muhammad alayhis-salotu vas-salomga, kofir) kimsalarni (Allohning azobidan) ogohlantiring, iymon keltirgan zotlarga esa ular uchun Parvardigorlari huzurida azaliy rost martaba borligi haqida xushxabar yetkazing, deb vahiy yuborganimiz qiziq tuyuldimi?! Kofirlar: «Darhaqiqat, bu (yaʼni, Muhammad) zoʻr sehrgardir», dedilar.Бу одамлар учун ўзларидан бўлган бир кишига (яъни, Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломга, кофир) кимсаларни (Аллоҳнинг азобидан) огоҳлантиринг, иймон келтирган зотларга эса улар учун Парвардигорлари ҳузурида азалий рост мартаба борлиги ҳақида хушхабар етказинг, деб ваҳий юборганимиз қизиқ туюлдими?! Кофирлар: «Дарҳақиқат, бу (яъни, Муҳаммад) зўр сеҳргардир», дедилар.
Alloh taolo Oʻz hikmati ila bandalari ichidan bir salohiyatli kishini tanlab, unga Paygʻambarlik martabasini beradi. Unga vahiy yuborib, atrofidagi kishilarni ogohlantirishga amr qiladi. Qadimdan shunday boʻlib kelgan. Lekin kofir odamlar bu ishga doimo inkor nazari bilan qarashgan, oʻzlaridan boʻlgan bir odamga Allohdan vahiy kelishi ularga ajablanarli tuyulgan.
Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan oldingi Paygʻambarlarga boʻlgani kabi, u kishiga ham xuddi shu munosabat boʻldi.
«Odamlarga oʻzlaridan boʻlgan bir kishiga vahiy yuborib: «Odamlarni ogohlantir va iymon keltirganlarga Robbilari huzurida ular uchun sobitqadamlik borligining bashoratini ber», deganimiz ajablanarli boʻldimi?»
Mushriklar u zot sollallohu alayhi vasallamga kelgan vahiyni ajablanib, inkor bilan qarshi oldilar. Aslida esa, hech ajablanadigan, inkor qiladigan joyi yoʻq edi. Boshqa Paygʻambarlarga kelgani kabi, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ham Alloh tomonidan vahiy kela boshlagan edi. Bu vahiyda u zotga Alloh taolo barcha odamlarni ogohlantirishni amr qilgan edi. Shu bilan birga, iymon keltirganlarga bashorat berishni topshirgandi. Bu bashoratga binoan, koʻplar qaltirab-titrab, qadamini bosa olmay, oyogʻi osmondan boʻlib ketayotgan shiddatli bir paytda moʻminlarning Alloh huzurida sobit qadam–qadamlari mustahkam holda turishlari va yuqori martabalarga erishishlari aytildi.
Ammo, kofirlar bu haqiqatni tushunib yetmadilar.
«Kofirlar: «Albatta, bu ochiq-oydin sehrgardir», dedilar.»
Chunki, Muhammad sollallohu alayhi vasallam tilovat qilayotgan Qurʼon ularni ojiz qoldirayotgan edi. Uning oldida ular lol qolishgan edi. Ammo, ular bu ojiz qoldiruvchi kalomni «Allohning kalomi ekan» deyishning oʻrniga, bu sehr, uni gapirayotgan Muhammad esa, ochiq-oydin sehrgardir, dedilar. Ular din bilan sehrni, Paygʻambar bilan sehrgarni aralashtirib yuborgan edilar. Aslida esa, gap boshqacha: