QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят3

إِنَّ رَبَّكُمُ ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ فِى سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ ۖ يُدَبِّرُ ٱلْأَمْرَ ۖ مَا مِن شَفِيعٍ إِلَّا مِنۢ بَعْدِ إِذْنِهِۦ ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمْ فَٱعْبُدُوهُ ۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Robbingiz osmonlaru yerni olti kunda yaratgan, so`ng, (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) arshga yuksalgan Allohdir. U ishning tadbirini qiladir. Uning iznisiz hech bir shafoatchi bo`lmas. Ana o`sha Alloh Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qilinglar. Eslamaysizlarmi?!Албатта, Роббингиз осмонлару ерни олти кунда яратган, сўнг, (Зоти ва улуғлигига муносиб суратда) аршга юксалган Аллоҳдир. У ишнинг тадбирини қиладир. Унинг изнисиз ҳеч бир шафоатчи бўлмас. Ана ўша Аллоҳ Роббингиздир. Бас, Унга ибодат қилинглар. Эсламайсизларми?!Alauddin Mansour: (Ey insonlar), albatta, Parvardigoringiz osmonlar va Yerni olti kunda yaratib, soʻngra (Zoti va Ulugʻligiga munosib suratda) Arsh uzra yuksalgan Allohdir. U (har bir) ishning tadbirini qilur. (Qiyomat Kunida) biron oqlovchi boʻlmas, magar Uning iznu irodasidan soʻnggina (oqlay olur). Ana oʻsha Alloh Parvardigoringizdir, bas, Unga ibodat qilingiz! Axir eslatma-ibrat olmaysizlarmi?!(Эй инсонлар), албатта, Парвардигорингиз осмонлар ва Ерни олти кунда яратиб, сўнгра (Зоти ва Улуғлигига муносиб суратда) Арш узра юксалган Аллоҳдир. У (ҳар бир) ишнинг тадбирини қилур. (Қиёмат Кунида) бирон оқловчи бўлмас, магар Унинг изну иродасидан сўнггина (оқлай олур). Ана ўша Аллоҳ Парвардигорингиздир, бас, Унга ибодат қилингиз! Ахир эслатма-ибрат олмайсизларми?!

208-sahifa · 11-juz · 21-hizb208-саҳифа · 11-жуз · 21-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаرَبَّكُمُRobbingizРоббингизٱللَّهُAllohdirАллоҳдирٱلَّذِىoʻsha zotkiўша зоткиخَلَقَyaratganяратганٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarniосмонларниوَٱلْأَرْضَva yerniва ерниفِى-da-даسِتَّةِoltiолтиأَيَّامٍۢkunкунثُمَّsoʻngсўнгٱسْتَوَىٰegalladiэгалладиعَلَىustigaустигаٱلْعَرْشِ ۖarshаршيُدَبِّرُtadbirini qiladirтадбирини қиладирٱلْأَمْرَ ۖishningишнингمَاyoʻqйўқمِنhech birҳеч бирشَفِيعٍshafoatchiшафоатчиإِلَّاmagarмагарمِنۢ-dan-данبَعْدِsoʻngсўнгإِذْنِهِۦ ۚUning izniУнинг изниذَٰلِكُمُana oʻshaана ўшаٱللَّهُAllohАллоҳرَبُّكُمْRobbingizdirРоббингиздирفَٱعْبُدُوهُ ۚbas, Unga ibodat qilinglarбас, Унга ибодат қилингларأَفَلَاaxir emasmiахир эмасмиتَذَكَّرُونَeslaysizlarэслайсизлар
TafsirТафсир

Kofirlar Alloh taolo Oʻz bandalaridan biriga vahiy yuborishi mumkinligiga ishonmay, turli gap-soʻzlar qilishmoqda. Ammo eslab koʻrsalar, fikr yuritsalar, har qadamlarida Alloh ne-ne katta ishlarni vujudga keltirib qoʻyganini anglaydilar. Misol uchun, osmonlaru yerga qarasinlar. Ularni Alloh taolo yaratgan.

«Albatta, Robbingiz osmonlaru yerni olti kunda yaratgan.»

Agar kofirlarda bunga ham eʼtirozlar boʻlsa, oʻzlarining haq ekanliklarini isbot qilsinlar. Alloh taolo Oʻzining Robblik–tarbiyakunandalik sifati ila osmonlaru yerni olti kunda yaratgan. Bu olti kunning haqiqatini–kayfiyatini Allohning Oʻzi biladi. Ammo bizning tushunchamizdagi «kun» maʼnosida emasligi maʼlum. Chunki bizning tushunchamizdagi «kun» osmonlaru yer yaratilgandan soʻng yerga munosib boʻlgan vaqt bilan chegaralanadi. Bu oyatdagi «kun» esa, osmonlaru yer yaratilishidan oldingi zamonga tegishli vaqtni anglatmoqda.

«…...soʻng, arshni egallagan Allohdir.»

Alloh, ana oʻsha Robb–tarbiyakunandalik sifati ila osmonlaru yerni yaratib boʻlgandan soʻng, Arshni egallagan Zotdir. Alloh taoloning Arshni egallashi haqidagi masala ham ulamolar orasida koʻplab tortishuvlarga sabab boʻlgan. Bu haqda oldin kelgan shunga oʻxshash oyatlar tafsirida batafsil soʻz yuritilgandir.

«U ishning tadbirini qiladir.»

Bu dunyoda nima ish boʻlsa, hammasining tadbirini Alloh qiladi. Har bir ishning avvali ham, oxiri ham, foydasi ham, zarari ham, boʻlishi ham, boʻlmasligi ham–hamma-hammasi Alloh taologa bogʻliqdir. Ana shu sifatlarga ega boʻlgan Zot bandalaridan bittasiga vahiy yuborsa, ajablanarlimi? Eslamaysizlarmi?!

«Uning iznisiz hech bir shafoatchi boʻlmas.»

Mushriklar Allohni inkor etishmas, aksincha, Uning borligini eʼtirof qilar edilar. Lekin Uning amriga boʻysunmay, oʻzlaricha ish tutardilar. Allohning elchisini, unga kelgan vahiyni inkor etib, ibodat yoʻlini oʻzlaricha topmoqchi boʻlardilar. Oʻzlari sigʻinayotgan but va sanamlarni, Allohning oldida shafoatchi boʻladi, deb eʼtiqod qilardilar. Ularning bu eʼtiqodlari notoʻgʻri ekanligi ushbu oyatda bayon etilmoqda. Avvalo, u dunyoda hamma oʻzi bilan oʻzi ovora boʻladi, birov birovga shafoat qilib, uni qutqarib qolishi juda qiyin. Qolaversa, Allohning iznisiz hech kim shafoatchi boʻla olmaydi. Oʻziga sherik qilingan butu sanamlarga shafoatchilik qilishga Alloh izn bermasligi yana ham aniq. Shuning uchun ham, inson oʻzicha taxminga berilib, turli yoʻllarga boshini urgandan koʻra, Allohning Paygʻambariga kelgan vahiyga ishonib, unga ergashib qoʻygani afzal emasmi? Eslamaysizlarmi?!

«Ana oʻsha Alloh, Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qilinglar.»

Yuqorida zikr qilingan vasflarga ega boʻlgan Zot sizning Robbingizdir, ey odamlar. Bas, shunday ekan, faqat Ungagina ibodat qiling. Yaʼni, faqat Uning aytganiga amal qilib yashang. Hayotingizning har bir sohasi, har bir lahzasi uning koʻrsatmasiga muvofiq boʻlsin.

«Eslamaysizlarmi?!»

Axir: