QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят4

إِلَيْهِ مَرْجِعُكُمْ جَمِيعًا ۖ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقًّا ۚ إِنَّهُۥ يَبْدَؤُا۟ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ لِيَجْزِىَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ بِٱلْقِسْطِ ۚ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَهُمْ شَرَابٌ مِّنْ حَمِيمٍ وَعَذَابٌ أَلِيمٌۢ بِمَا كَانُوا۟ يَكْفُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Barchangizning qaytishingiz Ungadir. Allohning va'dasi haqdir. Albatta, U avval boshda (barchani) O`zi yaratadir. So`ngra, iymon keltirgan va yaxshi amal qilganlarni adolat-la mukofotlash uchun ularni qaytaradir. Kofir bo`lganlar esa, kufr keltirganlari uchun, ularga qaynoq suvdan sharob va alamli azob bordir.Барчангизнинг қайтишингиз Унгадир. Аллоҳнинг ваъдаси ҳақдир. Албатта, У аввал бошда (барчани) Ўзи яратадир. Сўнгра, иймон келтирган ва яхши амал қилганларни адолат-ла мукофотлаш учун уларни қайтарадир. Кофир бўлганлар эса, куфр келтирганлари учун, уларга қайноқ сувдан шароб ва аламли азоб бордир.Alauddin Mansour: (Qiyomat Kunida) barchangiz Unga qaytishingiz bordir. (Bu) Allohning haqqirost vaʼdasidir. Albatta, avval-boshda barcha narsani Uning Oʻzi yaratur. Soʻngra iymon keltirib, yaxshi amallar qilib oʻtgan zotlarni adolat bilan mukofotlash uchun (Qiyomat Kuni) yana qayta yaratur. Kufr yoʻlini tutgan kimsalar uchun esa qaynoq suvdan iborat ichimlik va kofir boʻlganlari sababli alamli azob boʻlur.(Қиёмат Кунида) барчангиз Унга қайтишингиз бордир. (Бу) Аллоҳнинг ҳаққирост ваъдасидир. Албатта, аввал-бошда барча нарсани Унинг Ўзи яратур. Сўнгра иймон келтириб, яхши амаллар қилиб ўтган зотларни адолат билан мукофотлаш учун (Қиёмат Куни) яна қайта яратур. Куфр йўлини тутган кимсалар учун эса қайноқ сувдан иборат ичимлик ва кофир бўлганлари сабабли аламли азоб бўлур.

208-sahifa · 11-juz · 21-hizb208-саҳифа · 11-жуз · 21-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِلَيْهِUngadirУнгадирمَرْجِعُكُمْqaytishingizқайтишингизجَمِيعًۭا ۖbarchangizningбарчангизнингوَعْدَvaʼdasiваъдасиٱللَّهِAllohningАллоҳнингحَقًّا ۚhaqdirҳақдирإِنَّهُۥalbatta, Uалбатта, Уيَبْدَؤُا۟avval boshda yaraturаввал бошда яратурٱلْخَلْقَmaxluqotniмахлуқотниثُمَّsoʻngraсўнграيُعِيدُهُۥuni qaytarurуни қайтарурلِيَجْزِىَmukofotlash uchunмукофотлаш учунٱلَّذِينَoʻshalarniўшаларниءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганوَعَمِلُوا۟va qilganва қилганٱلصَّـٰلِحَـٰتِyaxshi amallarniяхши амалларниبِٱلْقِسْطِ ۚadolat-laадолат-лаوَٱلَّذِينَva oʻshalarва ўшаларكَفَرُوا۟kofir boʻlganlarкофир бўлганларلَهُمْularga bordirуларга бордирشَرَابٌۭsharobшаробمِّنْ-dan-данحَمِيمٍۢqaynoq suvқайноқ сувوَعَذَابٌva azobва азобأَلِيمٌۢalamliаламлиبِمَاtufayliтуфайлиكَانُوا۟edilarэдиларيَكْفُرُونَkufr keltirarкуфр келтирар
TafsirТафсир

Bu dunyoda Allohning aytganlarini qilmaslikning oqibati yomon boʻladi. Chunki:

«Barchangizning qaytishingiz Ungadir.»

Undan boshqaga emas. Kim boʻlishidan, qachon yashab, qachon va qay tarzda oʻlishidan qatʼinazar, hamma Allohning huzuriga qaytib borishi muqarrardir. Allohning vaʼdasi shunday.

«Allohning vaʼdasi haqdir.»

Uning vaʼdasida xilof boʻlmaydi. Uning vaʼdasi kechikmaydi ham.

«Albatta, U avval boshda (barchani) Oʻzi yaratadir.»

Undan boshqa yaratguvchi yoʻqdir.

«Soʻngra, iymon keltirgan va yaxshi amal qilganlarni adolat- la mukofotlash uchun ularni qaytaradir.»

Bu qaytarish qiyomat kuni, hammani oʻlik holidan tirik holiga qaytarish bilan boʻladi. Allohga iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan bandalarning mukofoti oʻsha kunda adolat bilan beriladi. Alloh taolo ularga jannatni ato etadi. Ular jannatda koʻz koʻrib, quloq eshitmagan nozu neʼmatlarga sohib boʻladilar.

«Kofir boʻlganlar esa, kufr keltirganlari uchun, ularga qaynoq suvdan sharob va alamli azob bordir.»

Hamma Allohning huzuriga qaytadigan oʻsha qiyomat kunida kofirlarga ham qilmishlariga yarasha adolat bilan jazo beriladi. Ular qattiq qizib turgan doʻzaxga tashlanadilar. Agar chanqasalar, qaynoq suvdan sharob ichadilar va alamli azoblarga duchor boʻladilar.

Keyingi oyatda Allohning qudratiga dalolat boʻlishi uchun yana misollar keltiriladi: