هُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ ٱلشَّمْسَ ضِيَآءً وَٱلْقَمَرَ نُورًا وَقَدَّرَهُۥ مَنَازِلَ لِتَعْلَمُوا۟ عَدَدَ ٱلسِّنِينَ وَٱلْحِسَابَ ۚ مَا خَلَقَ ٱللَّهُ ذَٰلِكَ إِلَّا بِٱلْحَقِّ ۚ يُفَصِّلُ ٱلْـَٔايَـٰتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U quyoshni ziyo va oyni nur qilgan hamda sizlar yillarning adadini va hisobini bilishingiz uchun uning manzillarini o`lchovli qilgan Zotdir. Alloh o`shani faqat haq ila yaratdi. U biladigan qavmlar uchun oyatlarini batafsil bayon qiladir.У қуёшни зиё ва ойни нур қилган ҳамда сизлар йилларнинг ададини ва ҳисобини билишингиз учун унинг манзилларини ўлчовли қилган Зотдир. Аллоҳ ўшани фақат ҳақ ила яратди. У биладиган қавмлар учун оятларини батафсил баён қиладир.Alauddin Mansour: U (Alloh) quyoshni (kunduzlari) ziyo sochguvchi, oyni esa (kechalari) nur — yorugʻlik qilgan va sizlar yillarning sanogʻini hamda (vaqtlarning) hisobini bilishlaringiz uchun uni (yaʼni, oyni bir qancha) manzil-burjlarga boʻlib qoʻygan Zotdir. Hech shak-shubhasiz, Alloh bu (borliqni) haq (qonun va maqsad) bilan yaratdi. U zot biladigan qavm uchun Oʻz oyatlarini mufassal bayon qilur.У (Аллоҳ) қуёшни (кундузлари) зиё сочгувчи, ойни эса (кечалари) нур — ёруғлик қилган ва сизлар йилларнинг саноғини ҳамда (вақтларнинг) ҳисобини билишларингиз учун уни (яъни, ойни бир қанча) манзил-буржларга бўлиб қўйган Зотдир. Ҳеч шак-шубҳасиз, Аллоҳ бу (борлиқни) ҳақ (қонун ва мақсад) билан яратди. У зот биладиган қавм учун Ўз оятларини муфассал баён қилур.
Inson hayoti davomida doimiy his etib turadigan mavjudotlardan biri quyosh boʻlsa, yana bittasi oydir. Lekin inson ularning mavjudiyatiga oʻrganib qolganidan, koʻp ham eʼtibor bermaydi. Agar inson bu ikki narsaga ibrat nazari bilan qarasa, ularni oʻrgansa, Allohning cheksiz qudratiga tan berar va shunchalik narsaga qodir boʻlgan zotning Oʻz bandalaridan biriga vahiy yuborishi hech ajablanarli ish emasligini toʻla anglab yetar edi.
«U quyoshni ziyo va oyni nur qilgan...»
Ha, quyoshni ziyo–issiqlik ila yorugʻlik sochadigan va oyni nur– faqat yorugʻlik sochadigan qilib qoʻygan zot Allohdir. Quyoshning hajmi, uning koinotdagi oʻrni, borliqqa taʼsiri va boshqa haqiqatlarni bir chetga qoʻyib turaylik-da, faqat issiqlik bilan yorugʻlik taratishini olib koʻraylik.
Dunyo yaralganidan buyon quyosh olamga tinimsiz ziyo sochib turibdi. Usiz hayot yoʻq. Usiz yorugʻlik ham boʻlmaydi. U charchamaydi, kechikmaydi ham. Quvvati-da kamayib qolmaydi. Doimo keragicha ziyo sochib turadi. Quyoshning kattaligini va boshqa xossalarining beqiyos ekanligini yana ham yaxshiroq anglab yetish uchun uni inson maqtanayotgan qahrabo ishlab chiqarish ixtirosi va boshqa kashfiyotlari bilan solishtirib koʻrishning oʻzi kifoya. Bu esa, biladigan, aql yuritadigan har bir kishi uchun Alloh taologa, Uning Paygʻambariga va vahiyga iymon keltirishga chorlovdir.
Shuningdek, oyni ham tadabbur qilib koʻrmoq lozim. U nur sochadi, yaʼni, issiqliksiz yogʻdu taratadi. Bu ham borliqqa juda zarurdir. Oy va uning nuri boʻlmasa, dunyoda hayot boʻlmas edi. Oyning nuri nima uchun zarurligi haqida toʻliq maʼlumot olmoqchi boʻlganlar maxsus adabiyotlarga murojaat qilsinlar. Agar uning zaruratini anglab yetsalar, Alloh taologa, Uning Paygʻambariga va vahiyga iymon keltirmay ilojlari qolmaydi. Agar iymonli boʻlsalar, iymonlariga yana ham quvvat qoʻshilishi, shubhasiz.
Ammo, oyati karimada oʻsha davr kishilari tushunchasiga mos tarzda bayon kelmoqda:
«hamda sizlar yillarning adadini va hisobini bilishingiz uchun uning manzillarini oʻlchovli qilgan Zotdir.»
Oyatda oʻrin maʼnosini anglatuvchi «manzillar» istilohi falakiyot ilmida «burjlar» deb ataladi. Oy har kecha maʼlum bir joydan chiqib, maʼlum bir joyga botadi. Buni oddiy koʻz bilan ham koʻrib, bilib olsa, boʻladi. Bu manzillar va oyning ulardan chiqibbotishi doim bir xilda turadi. Shuning uchun, hozirda ham vaqt oʻlchovi ularga qarab aniqlanadi. Yaʼni, soatlar quyosh, oy, va yulduzlarga qarab toʻgʻrilanadi. Shuningdek, kun, hafta, oy yoki yil hisoblari ham Alloh yaratgan oʻsha maxluqotlarga qarab yuritiladi.
«Alloh oʻshani faqat haq ila yaratdi.»
Alloh hamma narsani Oʻzi yaratadi. Yaratganda ham haq bilan yaratadi. Jumladan, U zot quyosh va oyni ham haq bilan yaratgandir.
«U biladigan qavmlar uchun oyatlarini batafsil bayon qiladir.»
Odamlar ushbu bayonlardan hidoyat yoʻlini topishga harakat qilmoqlari lozimdir.
Yuqoridagi oyati karimada osmonlaru yer, quyoshu oy Allohning qudratiga dalil qilib keltirildi. Endi keladigan oyati karimada esa, kecha va kunduz ham shu mavzuga jalb etiladi: