قُلْ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ قَدْ جَآءَكُمُ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكُمْ ۖ فَمَنِ ٱهْتَدَىٰ فَإِنَّمَا يَهْتَدِى لِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَن ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيْهَا ۖ وَمَآ أَنَا۠ عَلَيْكُم بِوَكِيلٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Ey odamlar, sizga Robbingizdan haq keldi. Bas, kim hidoyatga yursa, o`zi uchun hidoyat topadir. Kim zalolatga ketsa, o`z zarariga zalolat topadir. Men sizlarning ustingizdan qo`riqchi emasman», deb ayt.Сен: «Эй одамлар, сизга Роббингиздан ҳақ келди. Бас, ким ҳидоятга юрса, ўзи учун ҳидоят топадир. Ким залолатга кетса, ўз зарарига залолат топадир. Мен сизларнинг устингиздан қўриқчи эмасман», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Ey insonlar, sizlarga Parvardigoringizdan Haq Qurʼon keldi. Bas, kim hidoyat yoʻliga yursa, faqat oʻz foydasiga yurgan boʻlur. Kim (u hidoyat yoʻlidan) ozsa, faqat oʻzining ziyoniga adashgan boʻlur. Men sizlarning ustingizda qoʻriqchi emasman».Айтинг: «Эй инсонлар, сизларга Парвардигорингиздан Ҳақ Қуръон келди. Бас, ким ҳидоят йўлига юрса, фақат ўз фойдасига юрган бўлур. Ким (у ҳидоят йўлидан) озса, фақат ўзининг зиёнига адашган бўлур. Мен сизларнинг устингизда қўриқчи эмасман».
Hamma narsa ochiq-oydin boʻldi. Endi har kim oʻzini bilib ish koʻrsin.
«Ey odamlar, sizga Robbingizdan haq keldi.»
Ey odamlar, sizga Robbingizdan haq Paygʻambar–Muhammad alayhissalom keldi.
Ey odamlar, sizga Robbingizdan haq kitob–Qurʼoni Karim keldi.
Ey odamlar, sizga Robbingizdan haq din–Islom keldi.
Ey odamlar, siz oʻzingizga Robbingizdan kelgan haq Paygʻambar–Muhammad alayhissalomga ergashing, haq kitob–Qurʼoni Karimga amal qiling va haq din–Islomni hayotingizga tatbiq qiling, ikki dunyo saodatiga erishasiz.
«Bas, kim hidoyatga yursa, oʻzi uchun hidoyat topadir.»
Allohning hidoyatiga yurganlar oʻzlari uchun foydaga erishadilar. Boshqa birovga xizmat qilgan boʻlmaydilar.
Shuningdek,
«Kim zalolatga ketsa, oʻz zarariga zalolat topadir».
Kim Allohning hidoyatida yurmasa, zalolatga ketgan boʻladi. Zalolat esa, koni zarardir. Binobarin, zalolatga ketgan har bir shaxs oʻziga oʻzi zarar qilgan boʻladi.
«Men sizlarning ustingizdan qoʻriqchi emasman», deb ayt.»
Ha, Paygʻambar alayhissalom ham, u zotdan boshqa biror kishi ham hech kimning ustidan qoʻriqchi qilib qoʻyilgan emaslar. Ularning vazifasi Allohning dinini kishilarga yetkazish, xolos. Har kim nima qilsa, oʻzi uchun qiladi.
Ey Paygʻambar!