وَإِن يَمْسَسْكَ ٱللَّهُ بِضُرٍّ فَلَا كَاشِفَ لَهُۥٓ إِلَّا هُوَ ۖ وَإِن يُرِدْكَ بِخَيْرٍ فَلَا رَآدَّ لِفَضْلِهِۦ ۚ يُصِيبُ بِهِۦ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ ۚ وَهُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Alloh seni zarar ila tutsa, Undan o`zga o`shanga kushoyish beruvchi yo`qdir. Agar U senga yaxshilikni iroda qilsa, Uning fazlini rad qiluvchi ham yo`qdir. Uni bandalaridan xohlaganiga yetkazur. U mag`firat qilguvchi va rahimli Zotdir.Агар Аллоҳ сени зарар ила тутса, Ундан ўзга ўшанга кушойиш берувчи йўқдир. Агар У сенга яхшиликни ирода қилса, Унинг фазлини рад қилувчи ҳам йўқдир. Уни бандаларидан хоҳлаганига етказур. У мағфират қилгувчи ва раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Agar Alloh sizga biron ziyon yetkazsa, uni faqat Oʻzigina ketkaza olur. Agar sizga biron yaxshilik (yetkazishni) iroda qilsa, Uning fazlu marhamatini qaytara olguvchi yoʻqdir. U Oʻzi xohlagan bandalariga yaxshilik yetkazur. U magʻfiratli, mehribondir.Агар Аллоҳ сизга бирон зиён етказса, уни фақат Ўзигина кетказа олур. Агар сизга бирон яхшилик (етказишни) ирода қилса, Унинг фазлу марҳаматини қайтара олгувчи йўқдир. У Ўзи хоҳлаган бандаларига яхшилик етказур. У мағфиратли, меҳрибондир.
Bandaga foyda yoki zarar yetishi Allohning irodasi bilangina boʻladi. Ha,
«Agar Alloh seni zarar ila tutsa, Undan oʻzga oʻshanga kushoyish beruvchi yoʻqdir».
Borliqning yagona Xoliqi, Qodiru Molik Zot bir bandani zarar ila tutganidan keyin u ojiz bandaga kim ham yordam berib, mushkuliga kushoyish ato qila olar edi. Shuningdek,
«Agar U senga yaxshilikni iroda qilsa, Uning fazlini rad qiluvchi ham yoʻqdir».
Alloh yaxshilik keltiradigan ishlarni qilganlarga yaxshilik, yomonlik keltiradigan ishlarni qilganlarga yomonlik yetkazishni iroda etgandir. Alloh bandalari ichidan Oʻzi xohlaganlarini fazliga erishtiradi. Bu orada bandalardan baʼzi gunohlar sodir boʻlsayu tavba qilsalar, Alloh ularni magʻfirat etadi. Ularga rahim koʻrsatadi.
«U magʻfirat qilguvchi va rahimli Zotdir».
Ey, oxirzamon Paygʻambari!