QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят106

وَلَا تَدْعُ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَنفَعُكَ وَلَا يَضُرُّكَ ۖ فَإِن فَعَلْتَ فَإِنَّكَ إِذًا مِّنَ ٱلظَّـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohdan o`zga — senga manfaat ham, zarar ham bermaydigan — narsaga iltijo qilma. Bas, agar shunday qilsang, unda, sen zolimlardan bo`lasan.Аллоҳдан ўзга — сенга манфаат ҳам, зарар ҳам бермайдиган — нарсага илтижо қилма. Бас, агар шундай қилсанг, унда, сен золимлардан бўласан.Alauddin Mansour: Va Allohni quyib, sizga foyda ham, ziyon ham yetkaza olmaydigan narsaga iltijo qilmang! Bas, agar shunday qilsangiz, u holda albatta zolimlardandirsiz!Ва Аллоҳни қуйиб, сизга фойда ҳам, зиён ҳам етказа олмайдиган нарсага илтижо қилманг! Бас, агар шундай қилсангиз, у ҳолда албатта золимлардандирсиз!

220-sahifa · 11-juz · 22-hizb220-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاva emasва эмасتَدْعُiltijo qilmaилтижо қилмаمِن-dan-данدُونِoʻzgaўзгаٱللَّهِAllohАллоҳمَاnarsagaнарсагаلَاemasэмасيَنفَعُكَsenga manfaat beradiсенга манфаат берадиوَلَاva emasва эмасيَضُرُّكَ ۖsenga zarar beradiсенга зарар берадиفَإِنbas, agarбас, агарفَعَلْتَshunday qilsangшундай қилсангفَإِنَّكَunda albatta senунда албатта сенإِذًۭاu holdaу ҳолдаمِّنَ-dan-данٱلظَّـٰلِمِينَzolimlarзолимлар
TafsirТафсир

Oʻzini bilmagan zolim odamlar Allohni qoʻyib, but-sanamlar va boshqa narsalarga iltijo etib, manfaat topmoqchi yoki zararni qaytarmoqchi boʻladilar. Sen, ey Paygʻambar, ularga oʻxshama, Allohdan oʻzga hech kimga, hech narsaga iltijo etma.

«...agar shunday qilsang, unda, sen zolimlardan boʻlasan.»