۞ وَلَوْ يُعَجِّلُ ٱللَّهُ لِلنَّاسِ ٱلشَّرَّ ٱسْتِعْجَالَهُم بِٱلْخَيْرِ لَقُضِىَ إِلَيْهِمْ أَجَلُهُمْ ۖ فَنَذَرُ ٱلَّذِينَ لَا يَرْجُونَ لِقَآءَنَا فِى طُغْيَـٰنِهِمْ يَعْمَهُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Alloh odamlarga yaxshilikni tez keltirgani kabi yomonlikni ham tezlatsa edi, ajallari bitgan bo`lur edi. Bas, Biz ila muloqotda bo`lishdan umidi yo`qlarni tug`yonlarida tashlab qo`yamiz, adashib-uloqib yuraveradilar.Агар Аллоҳ одамларга яхшиликни тез келтиргани каби ёмонликни ҳам тезлатса эди, ажаллари битган бўлур эди. Бас, Биз ила мулоқотда бўлишдан умиди йўқларни туғёнларида ташлаб қўямиз, адашиб-улоқиб юраверадилар.Alauddin Mansour: Agar Alloh bu odamlarga (yaʼni, mushriklarga) yaxshilikni tez keltirgani kabi yomonlikni ham naqd qilsa edi, albatta ularning ajallari yetgan boʻlur edi. Bas, (Biz ularga yomonlikni naqd qilmaymiz, balki) Bizga roʻbaroʻ boʻlishni umid qilmaydigan kimsalarni, oʻz tugʻyonlarida adashib-uloqib yurgan hollarida tashlab qoʻyurmiz.Агар Аллоҳ бу одамларга (яъни, мушрикларга) яхшиликни тез келтиргани каби ёмонликни ҳам нақд қилса эди, албатта уларнинг ажаллари етган бўлур эди. Бас, (Биз уларга ёмонликни нақд қилмаймиз, балки) Бизга рўбарў бўлишни умид қилмайдиган кимсаларни, ўз туғёнларида адашиб-улоқиб юрган ҳолларида ташлаб қўюрмиз.
Avvalgi suralarda ham bir necha bor aytib oʻtilganidek, arab mushriklari Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan azobni tezroq keltirishni talab qilishar edi. Ular u zot sollallohu alayhi vasallamga Allohdan kelgan vahiyni inkor etishda oʻzlarining haqliklarini isbotlash uchun shunday talab qoʻyishar edi. Yaʼni, senga kelgan vahiyda aytilgan kofir va mushriklarga tushadigan azob-uqubatdan qoʻrqmaymiz, chunki sening Paygʻambarligingga ham, senga kelgan vahiyga ham ishonmaymiz, agar gaping rost boʻlsa, oʻsha vaʼda qilayotgan azobingni tezroq keltir, deyishar edi. Alloh taolo ushbu oyatda ularning talablariga nima uchun shoshilinch istijobat boʻlmasligini bayon qilmoqda:
«Agar Alloh odamlarga yaxshilikni tez keltirgani kabi yomonlikni ham tezlatsa edi, ajallari bitgan boʻlur edi».
Alloh taolo bandalariga yaxshilikni doim, tez, soʻrasa-soʻramasa berib keladi. Bu, hayotda koʻrilayotgan haqiqat. Ammo yomonlikni soʻragan zahoti bermaydi. Chunki, yomonlikni ham tezda bersa, hammalari halok boʻlib ketadilar. Alloh bandalarini buning uchun yaratmagan. Shu bois ham, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir hadislarida nasihat qilib, kishilarni oʻzlariga qarshi, mollari va bolalariga qarshi duo etishdan qaytarganlar.
Hofiz Abu Bakr Bazzor Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladilar: «Oʻz ziddingizga duo qilmang, farzandlaringiz ziddiga duo qilmang, molu mulkingiz ziddiga duo qilmang. Yana, Allohdan ijobat boʻladigan soatga toʻgʻri kelib, duoingiz qabul boʻlib qolmasin».
Inson achchigʻi chiqqan paytida sarkashligi qoʻzib, ogʻziga nima kelsa, gapiraveradi-yu, aslida, boshiga bir oz mushkullik, musiybat yetsa, darhol, undan qutqazishini soʻrab, Allohga yolborishga tushadi. Bu paytda uning haqiqati kashf boʻladi. Ammo, inson shu darajada oʻzgaruvchanki, boshidan balo-ofat koʻtarilishi bilan yana avvalgi holiga qaytib oladi.
Ha, sabrsiz insonning oʻziga yomonlik tilab qilgan har bir duosini Alloh taolo ijobat qilaverganda, odamlarning ajallari bitgan boʻlar edi.
«Bas, Biz ila muloqotda boʻlishdan umidi yoʻqlarni tugʻyonlarida tashlab qoʻyamiz, adashib-uloqib yuraveradilar.»
Yaʼni, Alloh taolo oxiratda Oʻziga roʻbaroʻ boʻlishlariga ishonmaydigan kofirlarni kofirlik–haddan oshganlik hollarida tek qoʻyib qoʻyadi. Ular esa, toʻgʻri yoʻlni topa olmay, turli joylarga boshlarini urib yuraveradilar. Hech qachon toʻgʻri yoʻlni–najot yoʻlini topa olmaydilar.
Insonning tabiati juda ham qiziq,