وَإِذَا مَسَّ ٱلْإِنسَـٰنَ ٱلضُّرُّ دَعَانَا لِجَنۢبِهِۦٓ أَوْ قَاعِدًا أَوْ قَآئِمًا فَلَمَّا كَشَفْنَا عَنْهُ ضُرَّهُۥ مَرَّ كَأَن لَّمْ يَدْعُنَآ إِلَىٰ ضُرٍّ مَّسَّهُۥ ۚ كَذَٰلِكَ زُيِّنَ لِلْمُسْرِفِينَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki insonga zarar yetsa, Bizga yonboshlagan, o`tirgan yoki turgan holida duo qiladir. Undan zararini ketkazsak, xuddi o`ziga yetgan zarar haqida Bizga duo qilmagandek, ketaveradir. Ana shunday qilib, isrofchilarga qilayotgan amallari ziynatlanib ko`rsatildi.Қачонки инсонга зарар етса, Бизга ёнбошлаган, ўтирган ёки турган ҳолида дуо қиладир. Ундан зарарини кетказсак, худди ўзига етган зарар ҳақида Бизга дуо қилмагандек, кетаверадир. Ана шундай қилиб, исрофчиларга қилаётган амаллари зийнатланиб кўрсатилди.Alauddin Mansour: Qachon inson zotiga biron ziyon-musibat yetsa, yotgan holida ham, oʻtirib ham, turib ham Bizga duo-iltijo qilur. Endi qachonki undan musibatini ketkizsak, goʻyo (hech qachon) oʻziga yetgan balo-musibatdan Bizga iltijo qilmagandek (yuz oʻgirib) ketur. Haddan oshuvchi kimsalarga oʻz qilmishlari mana shunday chiroyli qilib qoʻyildi.Қачон инсон зотига бирон зиён-мусибат етса, ётган ҳолида ҳам, ўтириб ҳам, туриб ҳам Бизга дуо-илтижо қилур. Энди қачонки ундан мусибатини кеткизсак, гўё (ҳеч қачон) ўзига етган бало-мусибатдан Бизга илтижо қилмагандек (юз ўгириб) кетур. Ҳаддан ошувчи кимсаларга ўз қилмишлари мана шундай чиройли қилиб қўйилди.
Inson bolasining ishi yurishib turganida, oʻzi sogʻ-salomat, tinch- omon va rohat-farogʻatda boʻlganida hech narsa bilan ishi yoʻq, bu dunyo hayotiga magʻrur boʻlib yuraveradi. Albatta, Alloh hidoyatga boshlagan moʻmin-musulmonlardan boshqalari.
Ammo magʻrurlanib yurgan oʻsha insonning sogʻligʻigami, tinchligigami yoki rohatigami futur yetsa, boshiga musiybat kelsa, darhol, Alloh yodiga tushadi. Ha,
«Qachonki insonga zarar yetsa, Bizga yonboshlagan, oʻtirgan yoki turgan holida duo qiladir».
Ogʻir kunda qolgan inson, kim boʻlishidan qatʼinazar, yonboshlagan, oʻtirgan yoki tik turgan holida, yaʼni, har qanday holatda Allohga yolborishni boshlaydi. Hatto, eng katta kofir, fosiqlar hayotida ham bunday voqealar roʻy berganiga tarixda misollar koʻp. Turli musiybatlardan keyin din yoʻliga kirganlarning koʻpligi ham shu holga dalil. Ammo, afsuski, koʻplar bundan oʻziga yarasha xulosa chiqarib olmaydi. Boshiga musiybat tushganida Allohga yolboradi-yu:
«Undan zararini ketkazsak, xuddi oʻziga yetgan zarar haqida Bizga duo qilmagandek, ketaveradir».
Yana avvalgidek, bu dunyo hayotiga oʻzini uradi. Allohni unutadi. Oʻzining bandaligini unutadi. Bir kuni kelib, boshiga yana qayta musiybat tushishi mumkinligini ham unutadi. Hech narsadan tap tortmay, ibrat olmay, oldingi holiga tushib qoladi.
Bunday kimsalarni Alloh taolo oyatda «isrofchilar» deb atamoqda va boshlariga musiybat tushganida Allohga yolborib, musiybat koʻtarilganida hech narsa boʻlmagandek ketaverishlarini «isrofgarchilik» deb vasf qilmoqda hamda bu ishlari oʻzlariga ziynatli — chiroyli boʻlib koʻrinishini taʼkidlamoqda:
«Ana shunday qilib, isrofchilarga qilayotgan amallari ziynatlanib koʻrsatildi».
Ammo, buning oqibati yaxshilikka olib bormaydi. Bunga oldin oʻtgan isrofchilarning ahvoli ham dalildir.