وَلَقَدْ أَهْلَكْنَا ٱلْقُرُونَ مِن قَبْلِكُمْ لَمَّا ظَلَمُوا۟ ۙ وَجَآءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَـٰتِ وَمَا كَانُوا۟ لِيُؤْمِنُوا۟ ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْقَوْمَ ٱلْمُجْرِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, sizdan oldingi asrlarni zulm qilgan chog`larida va Payg`ambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan kelganlarida iymon keltirmaydigan bo`lganlarida halok qilganmiz. Jinoyatchi qavmlarni ana shunday jazolaymiz.Батаҳқиқ, сиздан олдинги асрларни зулм қилган чоғларида ва Пайғамбарлари очиқ-ойдин ҳужжатлар билан келганларида иймон келтирмайдиган бўлганларида ҳалок қилганмиз. Жиноятчи қавмларни ана шундай жазолаймиз.Alauddin Mansour: Maʼlumki, sizlardan avvalgi asrlardagi millatlarni oʻzlariga zulm qilganlari va paygʻambarlari ochiq-ravshan hujjat-moʻʼjizalar keltirgan paytlarida, iymon keltirmaganlari uchun halok qilganmiz. Jinoyatchi qavmni mana shunday jazolagaymiz.Маълумки, сизлардан аввалги асрлардаги миллатларни ўзларига зулм қилганлари ва пайғамбарлари очиқ-равшан ҳужжат-мўъжизалар келтирган пайтларида, иймон келтирмаганлари учун ҳалок қилганмиз. Жиноятчи қавмни мана шундай жазолагаймиз.
Oʻsha oʻtgan asrlardagi kofir va mushriklar ham Paygʻambarlarga, Allohdan kelgan vahiyga nisbatan hozirgi kofir va mushriklar kabi munosabatda boʻlgan edilar. Ular ham musiybat yetganida Allohga yolborib, musiybat koʻtarilganida koʻrmagandek boʻlib ketaverib, isrofchilik qilgan edilar. Buning oqibatida ular halokatga uchradilar.
«Batahqiq, sizdan oldingi asrlarni zulm qilgan chogʻlarida va Paygʻambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan kelganlarida iymon keltirmaydigan boʻlganlarida halok qilganmiz.»
Agar siz, hozirgilar, halokatga duchor boʻlmaylik desangizlar, najot topmoqchi boʻlsangizlar, avvalgilarning xatosini takrorlamanglar, ulardan ibrat olib, oʻzlaringizni oʻnglanglar. Agar oʻzlaringizni oʻnglab, Allohning aytganiga yurmasangizlar, avvalgilarga oʻxshab, halokatga uchrashlaringiz turgan gap. Chunki Biz doimo:
«Jinoyatchi qavmlarni ana shunday jazolaymiz».
Siz yaxshi bilib qoʻyingki, Biz boshqalarni (yaʼni, sizdan avval yashab oʻtganlarni) ham, sizni (yaʼni, hozir yashab turganlarni) ham bu dunyoga behudaga keltirganimiz yoʻq.