QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят14

ثُمَّ جَعَلْنَـٰكُمْ خَلَـٰٓئِفَ فِى ٱلْأَرْضِ مِنۢ بَعْدِهِمْ لِنَنظُرَ كَيْفَ تَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, qanday amal qilishingizga nazar solishimiz uchun ularning ortidan sizlarni yer yuzida o`rinbosarlar qildik.Сўнгра, қандай амал қилишингизга назар солишимиз учун уларнинг ортидан сизларни ер юзида ўринбосарлар қилдик.Alauddin Mansour: Soʻngra qanday amallar qilishingizni koʻrish uchun sizlarni ularning ortidan Yerga xalifa (oʻrinbosar) qilib qoʻydik.Сўнгра қандай амаллар қилишингизни кўриш учун сизларни уларнинг ортидан Ерга халифа (ўринбосар) қилиб қўйдик.

209-sahifa · 11-juz · 21-hizb209-саҳифа · 11-жуз · 21-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграجَعَلْنَـٰكُمْsizlarni qildikсизларни қилдикخَلَـٰٓئِفَoʻrinbosarlarўринбосарларفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиمِنۢ-dan-данبَعْدِهِمْularning ortidanуларнинг ортиданلِنَنظُرَnazar solishimiz uchunназар солишимиз учунكَيْفَqandayқандайتَعْمَلُونَamal qilishingizgaамал қилишингизга
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada inson bu dunyoda oʻzini qanday his qilishi lozimligi bayon etilgan. Oldingilardan Allohning amriga xilof qilganlari bu dunyoda halokatga uchradilar. U dunyoda halokatning haqiqiysiga yoʻliqadilar. Hozirgilarni esa, Alloh taolo qanday amal qilishlariga nazar solish uchun avvalgilar oʻtib ketganidan keyin yer yuzida oʻrinbosarlar qildi. Har bir inson yer yuzida oʻrinbosar etib qoʻyilgandir. Alloh uning ishlariga nazar solib, hisob- kitob qilib boradi. Shu hisob-kitob boʻyicha, adolat bilan, mukofot yoki jazo beriladi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan ham ushbu maʼnoni taʼkidlovchi hadisi shariflar vorid boʻlgan.

Imom Muslim Abu Saʼid roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, dunyo shirin va jozibalidir. Albatta, Alloh sizlarni unda xalifa qilguvchi va qanday amal qilishingizga nazar solib turguvchidir. Bas, dunyodan hazir boʻlinglar. Xotinlardan hazir boʻlinglar. Shubhasiz, Bani Isroilning birinchi fitnasi xotinlardan boʻlgan», deganlar.

Dunyo haqida mana shunday tasavvurda boʻlishgina insonni doimo bu dunyoda yaxshilik qilishga va yomonlikdan chetlanishga undab turadi. Boshqa har qanday tasavvur, har qanday omil kutilgan natijani bera olmasligi har lahzada tasdiqlanmoqda.

Ammo ushbu oyatlar nozil boʻlayotgan davrdagi mushrik va kofirlar oʻzlarini tamoman boshqacha tutdilar.