QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят15

وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَاتُنَا بَيِّنَـٰتٍ ۙ قَالَ ٱلَّذِينَ لَا يَرْجُونَ لِقَآءَنَا ٱئْتِ بِقُرْءَانٍ غَيْرِ هَـٰذَآ أَوْ بَدِّلْهُ ۚ قُلْ مَا يَكُونُ لِىٓ أَنْ أُبَدِّلَهُۥ مِن تِلْقَآئِ نَفْسِىٓ ۖ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰٓ إِلَىَّ ۖ إِنِّىٓ أَخَافُ إِنْ عَصَيْتُ رَبِّى عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki, ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinganida, Bizga muloqot bo`lishdan umidi yo`qlar: «Bundan boshqa Qur'on keltir yoki uni almashtir», dedilar. Sen: «Men o`zimcha uni almashtira olmasman. Men faqat o`zimga vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos. Albatta, men Robbimga osiylik qilsam, ulug` kunning azobidan qo`rqaman», deb ayt.Қачонки, уларга очиқ-ойдин оятларимиз тиловат қилинганида, Бизга мулоқот бўлишдан умиди йўқлар: «Бундан бошқа Қуръон келтир ёки уни алмаштир», дедилар. Сен: «Мен ўзимча уни алмаштира олмасман. Мен фақат ўзимга ваҳий қилинган нарсага эргашаман, холос. Албатта, мен Роббимга осийлик қилсам, улуғ куннинг азобидан қўрқаман», деб айт.Alauddin Mansour: Qachon ularga (ularning oldida) Bizning ochiq ravshan oyatlarimiz tilovat qilinsa, Bizga roʻbaroʻ boʻlishni umid qilmaydigan kimsalar: «Bu Qurʼondan boshqa bir Qurʼon keltirgin yoki buni oʻzgartirgin», dedilar. Ayting: «Men uchun uni oʻz tomonimdan oʻzgartirish durust emasdir. Men faqat oʻzimga vahiy qilingan oyatlargagina ergashurman. Chunki men agar Parvardigorimga isyon qilsam, ulugʻ Kunning (Qiyomatning) azobidan qoʻrqurman».Қачон уларга (уларнинг олдида) Бизнинг очиқ равшан оятларимиз тиловат қилинса, Бизга рўбарў бўлишни умид қилмайдиган кимсалар: «Бу Қуръондан бошқа бир Қуръон келтиргин ёки буни ўзгартиргин», дедилар. Айтинг: «Мен учун уни ўз томонимдан ўзгартириш дуруст эмасдир. Мен фақат ўзимга ваҳий қилинган оятларгагина эргашурман. Чунки мен агар Парвардигоримга исён қилсам, улуғ Куннинг (Қиёматнинг) азобидан қўрқурман».

210-sahifa · 11-juz · 21-hizb210-саҳифа · 11-жуз · 21-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonkiва қачонкиتُتْلَىٰtilovat qilinganidaтиловат қилинганидаعَلَيْهِمْulargaуларгаءَايَاتُنَاoyatlarimizоятларимизبَيِّنَـٰتٍۢ ۙochiq-oydinочиқ-ойдинقَالَdedilarдедиларٱلَّذِينَoʻshalarўшаларلَاemasэмасيَرْجُونَumid qiladilarумид қиладиларلِقَآءَنَاBiz ila muloqotniБиз ила мулоқотниٱئْتِkeltirкелтирبِقُرْءَانٍQurʼonҚуръонغَيْرِboshqaбошқаهَـٰذَآbundanбунданأَوْyokiёкиبَدِّلْهُ ۚuni almashtirуни алмаштирقُلْaytайтمَاemasэмасيَكُونُboʻlarбўларلِىٓmen uchunмен учунأَنْ-ki-киأُبَدِّلَهُۥuni almashtirsamуни алмаштирсамمِن-dan-данتِلْقَآئِoʻz tomonimўз томонимنَفْسِىٓ ۖnafsim (oʻzimcha)нафсим (ўзимча)إِنْemasэмасأَتَّبِعُergashamanэргашаманإِلَّاmagar (faqat)магар (фақат)مَاnarsagaнарсагаيُوحَىٰٓvahiy qilinganваҳий қилинганإِلَىَّ ۖmengaменгаإِنِّىٓalbatta, menалбатта, менأَخَافُqoʻrqamanқўрқаманإِنْagarагарعَصَيْتُosiylik qilsamосийлик қилсамرَبِّىRobbimgaРоббимгаعَذَابَazobidanазобиданيَوْمٍkunningкуннингعَظِيمٍۢulugʻулуғ
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada mushriklarning vahiyga nisbatan boʻlgan yana bir notoʻgʻri munosabatlari bayon qilinmoqda. Ularga Alloh taoloning ochiq-oydin oyatlari tilovat qilingan chogʻda, mazkur oyati karimalarga iymon keltirib, ularga amal qilish oʻrniga, Paygʻambar alayhissalomga nojoʻya gaplarni aytdilar:

«Qachonki, ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinganida, Bizga muloqot boʻlishdan umidi yoʻqlar: «Bundan boshqa Qurʼon keltir yoki uni almashtir», dedilar».

Bu gapni oʻtaketgan johillargina aytishi mumkin. Ular vahiy nima ekanini bilishni ham xohlamaydilar. Uning kimdan chiqqanini ham, uning insoniyat uchun ahamiyatini ham bilmaydilar.

Qurʼoni Karim–Allohning kalomi, musulmonlarning hayot dasturi. Uni oʻzgartirish, almashtirishga hech kimning haqqi yoʻq. Kim shunday boʻlishi mumkin deb eʼtiqod qilsa, oʻylasa, kofir boʻladi.

Oyatda bunday kimsalar «Bizga muloqot boʻlishdan umidi yoʻqlar» yaʼni, qiyomatdan umidi yoʻqlar, deyilmoqda. Soʻngra Alloh taolo Oʻz Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga musulmonlarning hayot dasturi boʻlgan Qurʼon oʻrniga boshqa dastur keltirishga yoki uni almashtirishga daʼvat qilishga kofirlarning hech haqlari yoʻq ekanini bayon etishni amr qilmoqda:

«Men oʻzimcha uni almashtira olmasman».

Ha, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning martabalari qancha yuqori boʻlmasin, Qurʼonni, hatto uning biror harfini almashtirishga haqlari yoʻq. U kishining vazifalari Alloh taolo tomonidan kelgan vahiyni, Qurʼonni qabul qilib olib, shundayligicha kishilarga yetkazishdir.

«Men, faqat, oʻzimga vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos.»

Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning hollari shu boʻlganidan keyin, boshqa odamlar vahiyni mahkam tutib, undan qilcha ham chetga chiqmasliklari kerak.

«Albatta, men Robbimga osiylik qilsam, ulugʻ kunning azobidan qoʻrqaman», deb ayt.»

Yaʼni, Qurʼonning oʻrniga boshqa narsa keltirib yoki uni almashtirib, Robbimga osiylik qilsam, ulugʻ qiyomat kunining azobiga duchor boʻlishdan qoʻrqaman. Paygʻambar boʻlaturib u zot sollallohu alayhi vasallam shunchalik qoʻrqsalar, Qurʼon oʻrniga boshqa dastur keltirayotgan va uning oyatlari yoki hukmlarini almashtirayotgan oddiy odamlarni nima desa boʻlar ekan?!

Keyingi oyatda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning oxiratda Allohga yoʻliqishdan umidi yoʻq kofir-mushriklarga qilayotgan raddiyalari davom etadi: