QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят16

قُل لَّوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَا تَلَوْتُهُۥ عَلَيْكُمْ وَلَآ أَدْرَىٰكُم بِهِۦ ۖ فَقَدْ لَبِثْتُ فِيكُمْ عُمُرًا مِّن قَبْلِهِۦٓ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Agar Alloh xohlaganida, uni sizlarga tilovat qilmas va uni sizlarga o`rgatmas edi. Batahqiq, men orangizda undan oldin ham umr kechirdim. Aql ishlatib ko`rmaysizlarmi?» deb ayt.Сен: «Агар Аллоҳ хоҳлаганида, уни сизларга тиловат қилмас ва уни сизларга ўргатмас эди. Батаҳқиқ, мен орангизда ундан олдин ҳам умр кечирдим. Ақл ишлатиб кўрмайсизларми?» деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Agar Alloh xohlaganida, men uni (Qurʼonni) tilovat qilmagan boʻlur edim va (men orqali Alloh) uni sizlarga bildirmagan boʻlur edi. Axir undan (Qurʼon nozil boʻlishidan) ilgari ham bir umr sizlarning orangizda yashab turdim-ku! Axir, aql yurgizmaysizlarmi?Айтинг: «Агар Аллоҳ хоҳлаганида, мен уни (Қуръонни) тиловат қилмаган бўлур эдим ва (мен орқали Аллоҳ) уни сизларга билдирмаган бўлур эди. Ахир ундан (Қуръон нозил бўлишидан) илгари ҳам бир умр сизларнинг орангизда яшаб турдим-ку! Ахир, ақл юргизмайсизларми?

210-sahifa · 11-juz · 21-hizb210-саҳифа · 11-жуз · 21-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلaytайтلَّوْagarагарشَآءَxohlaganidaхоҳлаганидаٱللَّهُAllohАллоҳمَاemasэмасتَلَوْتُهُۥuni tilovat qilar edimуни тиловат қилар эдимعَلَيْكُمْsizlargaсизларгаوَلَآva emasва эмасأَدْرَىٰكُمU sizlarga bildirar ediУ сизларга билдирар эдиبِهِۦ ۖuniуниفَقَدْbatahqiqбатаҳқиқلَبِثْتُumr kechirdimумр кечирдимفِيكُمْorangizdaорангиздаعُمُرًۭاbir umrбир умрمِّن-dan-данقَبْلِهِۦٓ ۚundan oldinундан олдинأَفَلَاaxir emasmiахир эмасмиتَعْقِلُونَaql ishlatasizlarақл ишлатасизлар
TafsirТафсир

Yaʼni, men sizlarga oʻzimcha Qurʼon tilovat etib, unga iymon keltirishga oʻzimcha daʼvat qilayotganim yoʻq. Allohning amri bilan boʻlyapti bu ishlar.

«Agar Alloh xohlaganida, uni sizlarga tilovat qilmas va uni sizlarga oʻrgatmas edi.»

Agar Alloh sizlarga Qurʼon tilovat etishimni va uni oʻrgatishimni xohlamasa edi, buni qilmasdim.

«Batahqiq, men orangizda undan oldin ham umr kechirdim. Aql ishlatib koʻrmaysizlarmi?» deb ayt.»

Oʻzingiz oʻylab koʻring, shuncha vaqt orangizda umr kechirdim va shu paytgacha bu ishni qilgan emasdim.

Ammo, Allohdan amr kelganidan soʻng, uni bajo keltirib, sizlarga Qurʼon tilovat etmoqdaman va uni sizlarga oʻrgatmoqdaman.

Darhaqiqat, Muhammad sollallohu alayhi vasallam vahiy kelgunicha ham qirq yil davomida ularning ichida yashagan edilar. Yaxshi sifatlari bilan ular orasida mashhur boʻlgan edilar. Xususan, oʻta rostgoʻy boʻlganlaridan «Amin» degan laqab olgan edilar. Ana shunday sifatlarga ega boʻlgan odam qirq yoshga kirganida birdan yolgʻon gapirib qolishi, xususan, Allohning nomidan yolgʻon gapirishi hech aqlga sigʻmaydi. Oʻzini bilgan har bir odam, hatto dushman, kofir boʻlsa ham, bu haqiqatni darhol anglab yetardi. Rum imperatori Heraql bilan Abu Sufyon va uning sheriklari oʻrtasida oʻtgan suhbatda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sifatlari ham tilga olingan edi.

Oʻshanda Heraql Abu Sufyondan:

«Bu gaplarini aytishidan oldin uni yolgʻon gapirishda ayblaganmisizlar?» deb soʻradi. Oʻsha paytda kufrning boshi, mushriklarning rahnamosi boʻlgan Abu Sufyon:

«Yoʻq!» deb javob berdi. Shunda Heraql:

«Menimcha, odamlarga yolgʻon gapirmagan odam Allohning nomidan ham yolgʻon soʻzlamaydi», dedi.

Ha, Muhammad sollallohu alayhi vasallam qirq yoshga yetgunlaricha Qurʼon va Islom haqida bir ogʻiz ham gapirmagan edilar. Chunki bunday ishlar boʻlib ketishini u kishi oʻylamagan ham edilar. Qirq yoshga kirganlarida Allohdan vahiy keldi va u kishi amri ilohiyga itoat etib, oʻsha vahiyni odamlarga yetkaza boshladilar. U zot Alloh haqida yolgʻon gapirishlari mumkin emasdi. Agar shunday qiladigan boʻlsalar, Alloh u zotni oʻz hollariga tashlab qoʻymasdi, balki jazolardi. Chunki: