QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят17

فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِـَٔايَـٰتِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلْمُجْرِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga yolg`on to`qigan yoki Uning oyatlarini yolg`onga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, jinoyatchilar najot topmaslar.Аллоҳга ёлғон тўқиган ёки Унинг оятларини ёлғонга чиқарган кимсадан ҳам золимроқ одам борми?! Албатта, жиноятчилар нажот топмаслар.Alauddin Mansour: Axir Alloh shaʼniga boʻhton qilgan yoki Uning oyatlarini yolgʻon degan kimsadan ham zolimroq kim bor?!Albatta (bunday) jinoyatchi kimsalar najot topmaslar.Ахир Аллоҳ шаънига бўҳтон қилган ёки Унинг оятларини ёлғон деган кимсадан ҳам золимроқ ким бор?!Албатта (бундай) жиноятчи кимсалар нажот топмаслар.

210-sahifa · 11-juz · 21-hizb210-саҳифа · 11-жуз · 21-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَمَنْbas, kimбас, кимأَظْلَمُzolimroqзолимроқمِمَّنِkimsadanкимсаданٱفْتَرَىٰtoʻqiganтўқиганعَلَى-ga-гаٱللَّهِAllohАллоҳكَذِبًاyolgʻonёлғонأَوْyokiёкиكَذَّبَyolgʻonga chiqarganёлғонга чиқарганبِـَٔايَـٰتِهِۦٓ ۚUning oyatlariniУнинг оятлариниإِنَّهُۥalbattaалбаттаلَاemasэмасيُفْلِحُnajot toparlarнажот топарларٱلْمُجْرِمُونَjinoyatchilarжиноятчилар
TafsirТафсир

Alloh haqida yolgʻon toʻqishlik, Allohdan vahiy kelmasa ham, menga vahiy keldi, deb daʼvo qilishlik soxta paygʻambarlikdir. Bu, juda katta zulmdir.

Tarixda koʻplar shunday daʼvo bilan chiqishgan va barchalarining oqibati yomon boʻlgan. Shu bilan birga, ikkinchi katta zulm ham bor. U, Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqarishdir. Bunday zolimlar ham doimo halokatga duchor boʻlganlar. Chunki jinoyatchilar hech qachon najot topmaganlar, topmaydilar ham. Dunyoda Allohning shaʼniga yolgʻon toʻqishdan va Uning oyatlarini yolgʻonga chiqarishdan ham kattaroq jinoyat yoʻq-da, oʻzi.

Keyingi oyatlarda mushriklarning boshqa kirdikorlari ham borligi zikr qilinadi: