QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят18

وَيَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَضُرُّهُمْ وَلَا يَنفَعُهُمْ وَيَقُولُونَ هَـٰٓؤُلَآءِ شُفَعَـٰٓؤُنَا عِندَ ٱللَّهِ ۚ قُلْ أَتُنَبِّـُٔونَ ٱللَّهَ بِمَا لَا يَعْلَمُ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَلَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ سُبْحَـٰنَهُۥ وَتَعَـٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular Allohni qo`yib, o`zlariga zarar ham, manfaat ham yetkaza olmaydigan narsalarga ibodat qilurlar va: «Ana o`shalar bizning Alloh huzuridagi shafoatchilarimizdir!» derlar. Sen: «Allohga U osmonlaru yerda bilmaydigan narsalarning xabarini bermoqchimisizlar?!» deb ayt. Alloh ular keltirayotgan shirkdan pok va yuksak Zotdir.Улар Аллоҳни қўйиб, ўзларига зарар ҳам, манфаат ҳам етказа олмайдиган нарсаларга ибодат қилурлар ва: «Ана ўшалар бизнинг Аллоҳ ҳузуридаги шафоатчиларимиздир!» дерлар. Сен: «Аллоҳга У осмонлару ерда билмайдиган нарсаларнинг хабарини бермоқчимисизлар?!» деб айт. Аллоҳ улар келтираётган ширкдан пок ва юксак Зотдир.Alauddin Mansour: Ular Allohni qoʻyib, oʻzlariga ziyon ham, foyda ham yetkaza olmaydigan narsalarga ibodat qiladilar va: «Ana shu narsalar Alloh huzurida bizlarning oqlovchilarimiz», deydilar. Ayting: «Allohga osmonlar va Yerdagi U zot bilmaydigan narsalarni (sheriklarni) bildirib qoʻymoqchimisizlar?!» Alloh ularning (mushriklarning) shirklaridan pok va yuksak boʻlgan Zotdir.Улар Аллоҳни қўйиб, ўзларига зиён ҳам, фойда ҳам етказа олмайдиган нарсаларга ибодат қиладилар ва: «Ана шу нарсалар Аллоҳ ҳузурида бизларнинг оқловчиларимиз», дейдилар. Айтинг: «Аллоҳга осмонлар ва Ердаги У зот билмайдиган нарсаларни (шерикларни) билдириб қўймоқчимисизлар?!» Аллоҳ уларнинг (мушрикларнинг) ширкларидан пок ва юксак бўлган Зотдир.

210-sahifa · 11-juz · 21-hizb210-саҳифа · 11-жуз · 21-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَعْبُدُونَva ibodat qilarlarва ибодат қиларларمِن-dan-данدُونِoʻzga (qoʻyib)ўзга (қўйиб)ٱللَّهِAllohАллоҳمَاnarsalargaнарсаларгаلَاemasэмасيَضُرُّهُمْularga zarar yetkazadiуларга зарар етказадиوَلَاva emasва эмасيَنفَعُهُمْularga manfaat yetkazadiуларга манфаат етказадиوَيَقُولُونَva derlarва дерларهَـٰٓؤُلَآءِana oʻshalarана ўшаларشُفَعَـٰٓؤُنَاbizning shafoatchilarimizdirбизнинг шафоатчиларимиздирعِندَhuzuridagiҳузуридагиٱللَّهِ ۚAllohАллоҳقُلْdeb aytдеб айтأَتُنَبِّـُٔونَxabar bermoqchimisizlarхабар бермоқчимисизларٱللَّهَAllohgaАллоҳгаبِمَاnarsa haqidaнарса ҳақидаلَاemasэмасيَعْلَمُU biladiУ биладиفِى-da-даٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَلَاva emasва эмасفِى-da-даٱلْأَرْضِ ۚyerерسُبْحَـٰنَهُۥU pokУ покوَتَعَـٰلَىٰva yuksak zotdirва юксак зотдирعَمَّاnarsadanнарсаданيُشْرِكُونَular shirk keltirayotganулар ширк келтираётган
TafsirТафсир

Mushriklar yer yuzida xalifa boʻlib qolganlaridan soʻng Allohga, Uning Paygʻambariga va vahiyga ishonmaganlari hamda dasturi ilohiyga amal qilmaganlari uchun ham:

«Ular Allohni qoʻyib, oʻzlariga zarar ham, manfaat ham yetkaza olmaydigan narsalarga ibodat qilurlar».

Oʻz qoʻllari bilan yasagan but-sanamlarga va boshqa narsalarga sigʻinadilar. Bu ish johillik ekanini hamma ham biladi. Chunki odam qoʻli bilan yasab olingan but-sanamlar zarar ham, foyda ham yetkaza olmasligi hammaga maʼlum. Lekin Alloh taʼlimotidan uzoq boʻlgan har qanday tafakkurning pastkashlikka va ahmoqlikka borishi hech gap emas. But va sanamlarga sigʻinuvchi mushriklar esa, ana oʻsha pastkashlar roʻyxatining boshida turadilar. Ular oʻzlari ibodat qilayotgan butu sanamlarning ojizligini biladilar, ammo:

«Ana oʻshalar bizning Alloh huzuridagi shafoatchilarimizdir!» derlar».

Mantiqsizlikni qarang. Allohning irodasiga zid oʻlaroq, U zotga sherik qilingan but va sanamlar qiyomatda U zotning huzurida mushriklarga shafoatchi boʻla oladimi? Alloh bunga izn beradimi? Yolgʻiz Allohga sigʻinmay, Undan oʻzgani xudo tutib, keyin uni shafoatchi qilishning nima keragi bor?! Toʻgʻridan-toʻgʻri Alloh taoloning Oʻziga ibodat qilaverishsa, boʻlmaydimi? Ularning nazarlarida goʻyo: «Menga ibodat qilinglar», deb Alloh xato qilmoqda, aslida: «But va sanamlarga ibodat qilinglar, ular Mening huzurimda sizlarga shafoatchi boʻladi», deyishi kerak edi. Shuning uchun ham, Alloh taolo Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga amr etmoqdaki, ey Paygʻambarim:

«Allohga U osmonlaru yerda bilmaydigan narsalarning xabarini bermoqchimisizlar?!» deb ayt».

Ha, mushriklarning fikrlari notoʻgʻri:

«Alloh ular keltirayotgan shirkdan pok va yuksak Zotdir».

Odamlar orasida ana shunday mushriklar–Allohga shirk keltiruvchilar ham chiqib turadi. Aslida: