وَمَا كَانَ ٱلنَّاسُ إِلَّآ أُمَّةً وَٰحِدَةً فَٱخْتَلَفُوا۟ ۚ وَلَوْلَا كَلِمَةٌ سَبَقَتْ مِن رَّبِّكَ لَقُضِىَ بَيْنَهُمْ فِيمَا فِيهِ يَخْتَلِفُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Odamlar faqat bir ummat bo`lgan edilar. So`ngra, ixtilofga tushdilar. Agar Robbing tomonidan aytilgan so`z bo`lmaganida, ular ixtilof qilayotgan narsa haqida oralarida hukm qilingan bo`lar edi.Одамлар фақат бир уммат бўлган эдилар. Сўнгра, ихтилофга тушдилар. Агар Роббинг томонидан айтилган сўз бўлмаганида, улар ихтилоф қилаётган нарса ҳақида ораларида ҳукм қилинган бўлар эди.Alauddin Mansour: (Avvalda) odamlar faqat bir millat (yaʼni, bir dinda) boʻlgan edilar. Soʻngra boʻlinib ketdilar. Agar Parvardigoringiz tomonidan (yaxshi-yomon amallarning mukofot-jazolari faqat Qiyomatda boʻlishi xususida) Soʻz boʻlmaganida edi, talashib-tortishayotgan narsalari haqida ularning oʻrtalarida hukm qilingan boʻlur edi (yaʼni, dindan chiqqan kimsalar shu dunyodayoq jazolangan boʻlur edilar).(Аввалда) одамлар фақат бир миллат (яъни, бир динда) бўлган эдилар. Сўнгра бўлиниб кетдилар. Агар Парвардигорингиз томонидан (яхши-ёмон амалларнинг мукофот-жазолари фақат Қиёматда бўлиши хусусида) Сўз бўлмаганида эди, талашиб-тортишаётган нарсалари ҳақида уларнинг ўрталарида ҳукм қилинган бўлур эди (яъни, диндан чиққан кимсалар шу дунёдаёқ жазоланган бўлур эдилар).
Darhaqiqat, Odam Atodan boshlab hamma bir xil aqiydada– tavhid aqiydasida edi. Ammo, vaqt oʻtishi bilan, turli omillar taʼsirida baʼzi ixtiloflar kelib chiqdi. Ayrim odamlar tavhidni mahkam tutdilar. Boshqalari shirkka ketdilar. Ha,
«Odamlar faqat bir ummat boʻlgan edilar. Soʻngra, ixtilofga tushdilar».
Shuningdek, Alloh avval boshdan soʻz berib, hujjat-dalil boʻlmasa, hech kimni azoblamasligini aytgan edi. Shuningdek, U xaloyiqni maʼlum vaqtgacha qoʻyib berishini ham bildirgan. Agar shu soʻzlar aytilmaganida, allaqachon:
«ular ixtilof qilayotgan narsa haqida oralarida hukm qilingan boʻlar edi».
Ushbu haqiqat bayon etilganidan soʻng, kelasi oyati karimada, yana mushriklarning bahonalariga qaytiladi: