QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят20

وَيَقُولُونَ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ ءَايَةٌ مِّن رَّبِّهِۦ ۖ فَقُلْ إِنَّمَا ٱلْغَيْبُ لِلَّهِ فَٱنتَظِرُوٓا۟ إِنِّى مَعَكُم مِّنَ ٱلْمُنتَظِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ular: «Unga Robbidan bir belgi — mo`'jiza tushsa edi», derlar. Bas, Sen: «Fayb Allohnikidir. Intizor bo`lib turing, men ham siz ila intizor bo`luvchilardanman», deb ayt.Ва улар: «Унга Роббидан бир белги — мўъжиза тушса эди», дерлар. Бас, Сен: «Fайб Аллоҳникидир. Интизор бўлиб туринг, мен ҳам сиз ила интизор бўлувчиларданман», деб айт.Alauddin Mansour: Ular: «Unga (yaʼni, Muhammad alayhis-salotu vas-salomga) Parvardigori tomonidan oyat-moʻʼjiza tushsa edi», deydilar. Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Gʻayb (yaʼni, kelajak va inson idrokidan maxfiy boʻlgan barcha narsalar bilimi) faqat Allohnikidir. Bas, kutaveringlar. Men ham sizlar bilan birga koʻz tutguvchilardanman».Улар: «Унга (яъни, Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломга) Парвардигори томонидан оят-мўъжиза тушса эди», дейдилар. Бас, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Ғайб (яъни, келажак ва инсон идрокидан махфий бўлган барча нарсалар билими) фақат Аллоҳникидир. Бас, кутаверинглар. Мен ҳам сизлар билан бирга кўз тутгувчиларданман».

210-sahifa · 11-juz · 21-hizb210-саҳифа · 11-жуз · 21-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَقُولُونَva derlarва дерларلَوْلَآnegaнегаأُنزِلَtushirilmadiтуширилмадиعَلَيْهِungaунгаءَايَةٌۭoyat-moʻʼjizaоят-мўъжизаمِّن-dan-данرَّبِّهِۦ ۖRobbiРоббиفَقُلْbas, deb aytбас, деб айтإِنَّمَاfaqatфақатٱلْغَيْبُgʻaybғайбلِلَّهِAllohnikidirАллоҳникидирفَٱنتَظِرُوٓا۟bas, intizor boʻlib turingбас, интизор бўлиб турингإِنِّىalbatta, menалбатта, менمَعَكُمsiz ilaсиз илаمِّنَ-danman-данманٱلْمُنتَظِرِينَintizor boʻluvchilarинтизор бўлувчилар
TafsirТафсир

Mushrik va kofirlarning odatlari shu: atroflaridagi son- sanoqsiz moʻʼjizalardan koʻz yumib, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning va u kishiga kelayotgan vahiyning haq ekanligini tasdiqlovchi alohida katta moddiy moʻʼjiza keltirishni qayta- qayta talab qilishardi.

«Va ular: «Unga Robbidan bir belgi – moʻʼjiza tushsa edi», derlar.»

Qurʼoni Karim oyatlaridan bizga maʼlumki, oʻtgan avlodlar orasida bunday moʻʼjizadan keyin ham iymonga kelmaganlar boʻlsa, Alloh taolo oʻsha qavmni umumiy azobga duchor qilib, yer yuzidan yoʻqotib yuborgan. Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamning shariatlari oxirgi shariat boʻlganidan, Alloh taolo mushriklarning talab qilgan narsalarini ortga surishga ahd qilgan edi. Shu bois, Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga mushriklarning bu bemaʼni talabiga:

«Fayb Allohnikidir. Intizor boʻlib turing, men ham siz ila intizor boʻluvchilardanman», deb ayt», demoqda.

Yaʼni, Paygʻambarning vazifasi bir belgi–moʻʼjiza keltirish emas. Bu ish Allohning ishidir, xohlasa, keltiraveradi. Paygʻambar esa, boshqalar qatori kutib turadi.

Yer yuzida xalifa boʻlib qolganlarning aytadigan gaplari va qiladigan amallarining bayoni tugadi. Endi, zarar va musiybatdan keyin yaxshilik yetganida, odamlar oʻzlarini qanday tutishlari haqida soʻz ketadi: