وَإِذَآ أَذَقْنَا ٱلنَّاسَ رَحْمَةً مِّنۢ بَعْدِ ضَرَّآءَ مَسَّتْهُمْ إِذَا لَهُم مَّكْرٌ فِىٓ ءَايَاتِنَا ۚ قُلِ ٱللَّهُ أَسْرَعُ مَكْرًا ۚ إِنَّ رُسُلَنَا يَكْتُبُونَ مَا تَمْكُرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki, odamlarga ularga yetgan zarardan so`ng rahmatni totdirsak, banogoh, ularda oyatlarimiz haqida makr bo`lur. «Alloh makrda tezkordir. Albatta, elchilarimiz qilayotgan makrlaringizni yozib borurlar», degin.Қачонки, одамларга уларга етган зарардан сўнг раҳматни тотдирсак, баногоҳ, уларда оятларимиз ҳақида макр бўлур. «Аллоҳ макрда тезкордир. Албатта, элчиларимиз қилаётган макрларингизни ёзиб борурлар», дегин.Alauddin Mansour: Qachon bu odamlarga yetgan balo (qahatchilik)dan keyin rahmat (toʻkinlik)ni totdirsak, banogoh ular Bizning oyatlarimiz haqida makr (ishlatib, masxara) qilurlar. Ayting: «Allohning makri» (azobi) juda tezdir. Albatta, Bizning elchilarimiz (maloikalarimiz) qilayotgan makrlaringizni yozib qoʻyurlar.Қачон бу одамларга етган бало (қаҳатчилик)дан кейин раҳмат (тўкинлик)ни тотдирсак, баногоҳ улар Бизнинг оятларимиз ҳақида макр (ишлатиб, масхара) қилурлар. Айтинг: «Аллоҳнинг макри» (азоби) жуда тездир. Албатта, Бизнинг элчиларимиз (малоикаларимиз) қилаётган макрларингизни ёзиб қўюрлар.
Odam bolasining ishi qiziq: boshiga musiybat tushsa, Allohni eslaydi, unga yolboradi, xalos qilishini soʻraydi. Musiybat koʻtarilganida esa, hammasi yodidan chiqadi, tugʻyonga ketadi va yana gunoh ishlarga botadi. Ushbu holat oyati karimada:
«Qachonki, odamlarga ularga yetgan zarardan soʻng rahmatni totdirsak, banogoh, ularda oyatlarimiz haqida makr boʻlur», deb vasf qilinmoqda.
Tafsirchi ulamolarimiz «oyatlar haqida makr»ni istehzo qilish va yolgʻonga chiqarish, deb tushuntirganlar.
Bunday holatlar qadimgi ummatlarda ham boʻlganini avvalgi suralarda koʻrib oʻtdik. Firʼavn oilasi boshiga ofat tushganida yolborib, agar bu balo koʻtarilsa, oʻzlarini oʻnglab, toʻgʻri yoʻlga yurishga vaʼda qilgan edi. Balo boshlaridan koʻtarilgach esa, aksincha, yana tugʻyonga ketdilar. Bu ishlari oʻta johillikdandir. Alloh taoloni makr-hiyla ila aldashga urinishdir. Lekin U zotni aldab boʻlmaydi. Shuning uchun ham, oyatda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga:
«Alloh makrda tezkordir. Albatta, elchilarimiz qilayotgan makrlaringizni yozib borurlar», deyish amr qilingandir.
Ojiz bandalar oʻzlaricha makr qilishga urinadilar. Ammo hamma narsani bilguvchi va har narsaga qodir Alloh ularning makrini darhol yoʻqqa chiqaradi. Buning ustiga, Allohning elchilari–farishtalar har bir makrni yozib turadi. Vaqti kelganda, oʻsha yozuv makkorlar ziddiga hujjat boʻladi. Makkorlar ikki dunyoda ham makrlarining azobini tortadi.