QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят22

هُوَ ٱلَّذِى يُسَيِّرُكُمْ فِى ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا كُنتُمْ فِى ٱلْفُلْكِ وَجَرَيْنَ بِهِم بِرِيحٍ طَيِّبَةٍ وَفَرِحُوا۟ بِهَا جَآءَتْهَا رِيحٌ عَاصِفٌ وَجَآءَهُمُ ٱلْمَوْجُ مِن كُلِّ مَكَانٍ وَظَنُّوٓا۟ أَنَّهُمْ أُحِيطَ بِهِمْ ۙ دَعَوُا۟ ٱللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ لَئِنْ أَنجَيْتَنَا مِنْ هَـٰذِهِۦ لَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلشَّـٰكِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U sizlarni quruqlikda va dengizda yurgizadigan Zotdir. Toki sizlar kemada bo`lganingizda va u(kema)lar yaxshi yellar ila ularni olib ketganida hamda ular bundan xursand bo`lganlarida, qattiq shamol kelur va ularga har tomondan to`lqin kelur. O`zlarining qurshovda qolganlarini anglaganlarida, Allohga chin ixlos bilan: «Agar bizni mana shundan qutqazsang, albatta, shukr keltiruvchilardan bo`lurmiz», deb duo qilurlar.У сизларни қуруқликда ва денгизда юргизадиган Зотдир. Токи сизлар кемада бўлганингизда ва у(кема)лар яхши еллар ила уларни олиб кетганида ҳамда улар бундан хурсанд бўлганларида, қаттиқ шамол келур ва уларга ҳар томондан тўлқин келур. Ўзларининг қуршовда қолганларини англаганларида, Аллоҳга чин ихлос билан: «Агар бизни мана шундан қутқазсанг, албатта, шукр келтирувчилардан бўлурмиз», деб дуо қилурлар.Alauddin Mansour: U (Alloh) shunday Zotki, sizlarni quruqlik va dengizda yurgizur. To sizlar kemalarda boʻlgan vaqtlaringizda va u (kemalar) xush yel bilan ularni (yaʼni, sizlarni) olib ketayotganida va ular bu bilan shod-xurram boʻlganlarida, bir qattiq shamol kelur hamda ularning ustiga har tarafdan toʻlqin kelib, oʻzlarining girdobda qolganlarini bilganlarida: «Qasamki, agar mana shu (balo)dan bizga najot bersang, albatta shukr qilguvchilardan boʻlurmiz», deb chin ixlos bilan Allohga iltijo qilurlar.У (Аллоҳ) шундай Зотки, сизларни қуруқлик ва денгизда юргизур. То сизлар кемаларда бўлган вақтларингизда ва у (кемалар) хуш ел билан уларни (яъни, сизларни) олиб кетаётганида ва улар бу билан шод-хуррам бўлганларида, бир қаттиқ шамол келур ҳамда уларнинг устига ҳар тарафдан тўлқин келиб, ўзларининг гирдобда қолганларини билганларида: «Қасамки, агар мана шу (бало)дан бизга нажот берсанг, албатта шукр қилгувчилардан бўлурмиз», деб чин ихлос билан Аллоҳга илтижо қилурлар.

211-sahifa · 11-juz · 21-hizb211-саҳифа · 11-жуз · 21-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هُوَUУٱلَّذِىzotdirзотдирيُسَيِّرُكُمْsizlarni yurgizadiganсизларни юргизадиганفِى-da-даٱلْبَرِّquruqlikқуруқликوَٱلْبَحْرِ ۖva dengizdaва денгиздаحَتَّىٰٓtokiтокиإِذَاqachonkiқачонкиكُنتُمْsizlar boʻlganingizdaсизлар бўлганингиздаفِى-da-даٱلْفُلْكِkemaкемаوَجَرَيْنَva ular (kemalar) yurganidaва улар (кемалар) юрганидаبِهِمularni olibуларни олибبِرِيحٍۢyel ilaел илаطَيِّبَةٍۢyaxshiяхшиوَفَرِحُوا۟va xursand boʻlganlaridaва хурсанд бўлганларидаبِهَاbundanбунданجَآءَتْهَاunga kelurунга келурرِيحٌshamolшамолعَاصِفٌۭqattiqқаттиқوَجَآءَهُمُva ularga kelurва уларга келурٱلْمَوْجُtoʻlqinтўлқинمِن-dan-данكُلِّharҳарمَكَانٍۢtomonтомонوَظَنُّوٓا۟va anglaganlaridaва англаганларидаأَنَّهُمْoʻzlariningўзларинингأُحِيطَqurshovda qolganlariniқуршовда қолганлариниبِهِمْ ۙularуларدَعَوُا۟duo qilurlarдуо қилурларٱللَّهَAllohgaАллоҳгаمُخْلِصِينَchin ixlos bilanчин ихлос биланلَهُUngaУнгаٱلدِّينَdinni (ibodatni)динни (ибодатни)لَئِنْagarагарأَنجَيْتَنَاbizni qutqazsangбизни қутқазсангمِنْ-dan-данهَـٰذِهِۦmana shuмана шуلَنَكُونَنَّalbatta boʻlamizалбатта бўламизمِنَ-dan-данٱلشَّـٰكِرِينَshukr keltiruvchilarшукр келтирувчилар
TafsirТафсир

Allohga ishonmaydigan inson, hamma narsani oʻzim qilyapman, deb gʻururlanib yuradi. Aslini olganda, u ojiz bir bandadir. Uning har bir harakati Alloh taologa bogʻliq. Hatto quruqlikda va dengizda yurishi ham:

«U sizlarni quruqlikda va dengizda yurgizadigan Zotdir».

Allohning hifzi-himoyasi va rioyasi boʻlmasa, yurib boʻpsiz. Bu haqiqatni yaxshiroq anglab yetmoq uchun dengizda yurish haqida bir oʻylab koʻraylik. Aytaylik, dengiz safariga chiqdingiz.

«Toki sizlar kemada boʻlganingizda va u(kema)lar yaxshi yellar ila ularni olib ketganida hamda ular bundan xursand boʻlganlarida...»

Yaʼni, siz kemaga mindingiz, mayin yellar esib, kemangizni harakatga keltirdi. Siz oʻzingizda yoʻq xursandsiz, bu goʻzal safardan zavqlanib ketmoqdasiz. Shunda birdan

«...qattiq shamol kelur va ularga har tomondan toʻlqin kelur».

Ha, dengizda birdan qattiq shamol turib qoldi. Siz hech narsa qila olmaysiz. Bu shamolni toʻxtatish ham, sekinlatish ham qoʻlingizdan kelmaydi. Shuningdek, quruqlikka chiqib, undan panoh ham topa olmaysiz. Dengiz oʻrtasidasiz. Shamol borgan sari kuchayib, hamma tomondan boʻron oʻrab olgan. Kema qattiq chayqalmoqda. Har lahzada choʻkib ketish xavfi bor. Ana shunda, har qancha kofir boʻlsangiz ham, Allohga yolvora boshlaysiz. But-sanamlar yoki boshqa jonsiz narsalarga va shaxslarga emas, yolgʻiz Allohga chin ixlos bilan duo qilishga tushasiz.

«Oʻzlarining qurshovda qolganlarini anglaganlarida, Allohga chin ixlos bilan: «Agar bizni mana shundan qutqazsang, albatta, shukr keltiruvchilardan boʻlurmiz», deb duo qilurlar.»

Ushbu xavf-xatardan qutulib olsangiz, doimo ibodat qilishni, yaxshilikka yurishni va yomonlikdan qaytishni koʻnglingizga tugasiz. Ana oʻsha niyatlaringiz amalga oshsa, juda yaxshi boʻlardi. Ammo: