QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят23

فَلَمَّآ أَنجَىٰهُمْ إِذَا هُمْ يَبْغُونَ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ ۗ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنَّمَا بَغْيُكُمْ عَلَىٰٓ أَنفُسِكُم ۖ مَّتَـٰعَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ ثُمَّ إِلَيْنَا مَرْجِعُكُمْ فَنُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, qachonki U zot ularga najot bersa, ko`ribsizki, ular yer yuzida nohaqdan zulm qilurlar. Ey odamlar! Bu zulmingiz faqat o`z ziyoningizgadir. Bu, hayoti dunyo matohi, xolos. So`ngra, Bizga qaytishingiz bor. Bas, Biz nima amal qilganingizning xabarini berurmiz.Бас, қачонки У зот уларга нажот берса, кўрибсизки, улар ер юзида ноҳақдан зулм қилурлар. Эй одамлар! Бу зулмингиз фақат ўз зиёнингизгадир. Бу, ҳаёти дунё матоҳи, холос. Сўнгра, Бизга қайтишингиз бор. Бас, Биз нима амал қилганингизнинг хабарини берурмиз.Alauddin Mansour: Endi qachonki Alloh ularga najot bergach, banogoh ular Yer yuzida nohaq zulmu tajovuzkorlik qilurlar. Ey odamlar, bu tajovuzingiz faqat oʻzingizning ziyoningizgadir. (Sizlar bu arzimas va qisqa) hayoti dunyo matosi(dan foydalanmoqdasiz). Soʻngra Bizga qaytishingiz bordir. Bas, Biz sizlarga qilib oʻtgan amallaringizni bildirurmiz.Энди қачонки Аллоҳ уларга нажот бергач, баногоҳ улар Ер юзида ноҳақ зулму тажовузкорлик қилурлар. Эй одамлар, бу тажовузингиз фақат ўзингизнинг зиёнингизгадир. (Сизлар бу арзимас ва қисқа) ҳаёти дунё матоси(дан фойдаланмоқдасиз). Сўнгра Бизга қайтишингиз бордир. Бас, Биз сизларга қилиб ўтган амалларингизни билдирурмиз.

211-sahifa · 11-juz · 21-hizb211-саҳифа · 11-жуз · 21-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلَمَّآbas, qachonkiбас, қачонкиأَنجَىٰهُمْularga najot bersaуларга нажот берсаإِذَاkoʻribsizkiкўрибсизкиهُمْularуларيَبْغُونَzulm qilurlarзулм қилурларفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиبِغَيْرِnohaqdanноҳақданٱلْحَقِّ ۗhaqҳақيَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلنَّاسُodamlarодамларإِنَّمَاfaqatфақатبَغْيُكُمْbu zulmingizбу зулмингизعَلَىٰٓ-gadir-гадирأَنفُسِكُم ۖoʻzingiz (ziyoningiz)ўзингиз (зиёнингиз)مَّتَـٰعَmatohiматоҳиٱلْحَيَوٰةِhayotiҳаётиٱلدُّنْيَا ۖdunyoдунёثُمَّsoʻngraсўнграإِلَيْنَاBizgaБизгаمَرْجِعُكُمْqaytishingiz borқайтишингиз борفَنُنَبِّئُكُمbas, Biz xabar berurmizбас, Биз хабар берурмизبِمَاnarsaningнарсанингكُنتُمْedingizэдингизتَعْمَلُونَamal qilib yurganамал қилиб юрган
TafsirТафсир

Odam bolalarining holi shu: Alloh taolo ularning boshlariga tushgan ofatdan najot bersa, bir oz oʻtib, Uni esidan chiqaradi. Xavf-xatar vaqtida Alloh taologa yolborib, turli vaʼdalar berganini ham unutadi. Yana gunoh qila boshlaydi. Natijada, yer yuzida nohaqlik, zulm paydo boʻladi. Bu nohaqliklari, aslida, biror ahamiyatga ega emas. Bu, hayoti dunyoning oʻtkinchi matohi, xolos. Boshqa nima ham boʻlardi? Shu matohni deb, Allohning aytganidan chiqiladi-da, oʻzi. Bu esa, ayni chogʻda, ulkan zulmdir.

Allohning aytganini qilmay yurganlar nima topadilar? Besh kunlik dunyoning arzimas matohinimi? Uy-joy, molu mulk, mansabnimi? Bu narsalarni Allohning aytganini qilib turib topish osonroq-ku. Havoyi nafsning istaklarini qondiradilarmi yo?! Bu istaklarning–aroqxoʻrlik, zinokorlik, poraxoʻrlik, ayshu ishratlarning hammasi koni ziyon-ku, axir! Ana shuning uchun ham, oyatda ularga xitob qilinib:

«Ey odamlar! Bu zulmingiz faqat oʻz ziyoningizgadir. Bu, hayoti dunyo matohi, xolos», deyilmoqda.

Demak, Allohning aytganiga zid oʻlaroq zulm qilganlar oʻzlariga ziyon keltiradilar, xolos. Bu ziyon bu dunyodayoq ularning oʻzlariga uradi. Turli kasallik, balo-ofatlar va musiybatlarga yoʻliqadilar. Qolganini oxiratda koʻradilar.

«Soʻngra, Bizga qaytishingiz bor. Bas, Biz nima amal qilishingizning xabarini berurmiz».

Qiyomatda qilganingizga yarasha jazo olursiz.

Kelgusi oyatda odamlar qiziqayotgan dunyo hayotining asl mohiyati bayon qilinadi: