إِنَّمَا مَثَلُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا كَمَآءٍ أَنزَلْنَـٰهُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ فَٱخْتَلَطَ بِهِۦ نَبَاتُ ٱلْأَرْضِ مِمَّا يَأْكُلُ ٱلنَّاسُ وَٱلْأَنْعَـٰمُ حَتَّىٰٓ إِذَآ أَخَذَتِ ٱلْأَرْضُ زُخْرُفَهَا وَٱزَّيَّنَتْ وَظَنَّ أَهْلُهَآ أَنَّهُمْ قَـٰدِرُونَ عَلَيْهَآ أَتَىٰهَآ أَمْرُنَا لَيْلًا أَوْ نَهَارًا فَجَعَلْنَـٰهَا حَصِيدًا كَأَن لَّمْ تَغْنَ بِٱلْأَمْسِ ۚ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلْـَٔايَـٰتِ لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, dunyo hayotining misoli xuddi Biz osmondan tushirgan suvga o`xshaydir. Bas, odamlar va chorvalar yeydigan yer nabototi u bilan aralashib, yer bezagini olganda va ziynatlanganda hamda uning ahli, endi bunga erishdik, deb o`ylaganda, kechasi yoki kunduzi unga Bizning amrimiz keladir. Biz uni xuddi kuni kecha yashnab turmagandek quritib qo`yamiz. Tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyatlarimizni ana shunday batafsil bayon qilurmiz.Албатта, дунё ҳаётининг мисоли худди Биз осмондан туширган сувга ўхшайдир. Бас, одамлар ва чорвалар ейдиган ер набототи у билан аралашиб, ер безагини олганда ва зийнатланганда ҳамда унинг аҳли, энди бунга эришдик, деб ўйлаганда, кечаси ёки кундузи унга Бизнинг амримиз келадир. Биз уни худди куни кеча яшнаб турмагандек қуритиб қўямиз. Тафаккур қиладиган қавмлар учун оятларимизни ана шундай батафсил баён қилурмиз.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, bu hayoti dunyoning misoli xuddi Biz osmondan yogʻdirgan bir suvga oʻxshaydi, bas, odamzod va hayvonot yeydigan narsalardan iborat boʻlgan yer nabototi u bilan aralashib, hatto yer chiroy olib, yasan-tusan qilganida va yerning ahli uning ustida kuchli-qudratlimiz, deb oʻylay boshlaganida, yerga kechasi yo kunduzi Bizning farmonimiz kelib, Biz uni goʻyo kuni-kecha obod boʻlmagandek, vayronaga aylantirib qoʻyurmiz. Tafakkur qila oladigan qavm uchun oyatlarni mana shunday mufassal bayon qilurmiz.Дарҳақиқат, бу ҳаёти дунёнинг мисоли худди Биз осмондан ёғдирган бир сувга ўхшайди, бас, одамзод ва ҳайвонот ейдиган нарсалардан иборат бўлган ер набототи у билан аралашиб, ҳатто ер чирой олиб, ясан-тусан қилганида ва ернинг аҳли унинг устида кучли-қудратлимиз, деб ўйлай бошлаганида, ерга кечаси ё кундузи Бизнинг фармонимиз келиб, Биз уни гўё куни-кеча обод бўлмагандек, вайронага айлантириб қўюрмиз. Тафаккур қила оладиган қавм учун оятларни мана шундай муфассал баён қилурмиз.
Ushbu oyati karimada bu dunyo hayoti va uning matohlari tabiatda roʻy berib turadigan hodisalarga oʻxshatilmoqda. Quruq yerga yomgʻir yogʻib, suv tushsa, odamlarga ham, chorva hayvonlariga ham ozuqa boʻladigan nabotot–oʻsimliklar unib chiqadi. Bu oʻsimliklar yer yuzini bezaydi. Oʻsgan sari goʻzalligi ortib boradi. Hosil vaqti yaqinlashganida egalarining koʻzlari quvonadi. Endi bir narsali boʻladigan boʻldim, deb kelgusi hosil ustida har xil rejalar tuzadi. Shunda, xoh kechasi, xoh kunduzi boʻlsin, Allohdan amr kelib, haligi oʻsimliklar birdan qurib qoladi. Quruq xashakka aylanadi. Yashilligi ham, goʻzalligi ham, meva-hosili ham yoʻq.
Fikrli, farosatli odamlar uchun bu dunyo hayoti ham xuddi shunday. Inson tugʻiladi, oʻsadi. Tinmay harakat qiladi. Maʼlum bir natijalarga ham erishadi. Ammo, Alloh taolo xohlagan lahzada u erishgan narsani olib qoʻyishi mumkin. Yaʼni, bu dunyo matohi bir lahzaga arzimaydigan narsadir.
Hadisi sharifda rivoyat qilinishicha, qiyomat kuni bu dunyoda eng ulkan neʼmatlarga erishganlarni olib kelib, doʻzaxga bir solib olib: «Hech yaxshilik koʻrganmisan? Hech bir neʼmatga ega boʻlganmisan?» deb soʻralganida, «Yoʻq», deb javob berar ekanlar. Bunday narsalarni har bir banda yaxshi tafakkur qilmogʻi lozim.
«Tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyatlarimizni ana shunday batafsil bayon qilurmiz.»
Ammo tafakkur qilmaganlar, Allohning aytganiga yurmaganlar bu dunyoyu u dunyolarini kuydiradi.
Aslida, har bir inson Allohning aytganiga amal qilib yashamogʻi lozim. Chunki: