QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят38

أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰهُ ۖ قُلْ فَأْتُوا۟ بِسُورَةٍ مِّثْلِهِۦ وَٱدْعُوا۟ مَنِ ٱسْتَطَعْتُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki o`zi to`qib olgan derlarmi? Sen: «Agar rostgo`y bo`lsangiz, unga o`xshash bir sura keltiring va (bu ishga) Allohdan boshqa, kuchingiz yetganicha, kimni xohlasangiz, chaqiring», deb ayt.Ёки ўзи тўқиб олган дерларми? Сен: «Агар ростгўй бўлсангиз, унга ўхшаш бир сура келтиринг ва (бу ишга) Аллоҳдан бошқа, кучингиз етганича, кимни хоҳласангиз, чақиринг», деб айт.Alauddin Mansour: Yoki: «Uni (Muhammad) toʻqib chiqargan», deydilarmi?! (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «U holda agar rostgoʻy boʻlsangizlar, Allohdan oʻzga kuchingiz yetgan barcha butlarni (yordamga) chorlab, shu (Qurʼon)ga oʻxshash birgina sura keltiringizlar!»Ёки: «Уни (Муҳаммад) тўқиб чиқарган», дейдиларми?! (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «У ҳолда агар ростгўй бўлсангизлар, Аллоҳдан ўзга кучингиз етган барча бутларни (ёрдамга) чорлаб, шу (Қуръон)га ўхшаш биргина сура келтирингизлар!»

213-sahifa · 11-juz · 22-hizb213-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمْyokiёкиيَقُولُونَdeydilarmiдейдилармиٱفْتَرَىٰهُ ۖuni oʻzi toʻqib olganуни ўзи тўқиб олганقُلْaytайтفَأْتُوا۟bas, keltiringбас, келтирингبِسُورَةٍۢbir suraбир сураمِّثْلِهِۦunga oʻxshashунга ўхшашوَٱدْعُوا۟va chaqiringва чақирингمَنِkimniкимниٱسْتَطَعْتُمkuchingiz yetganichaкучингиз етганичаمِّن-dan-данدُونِboshqaбошқаٱللَّهِAllohАллоҳإِنagarагарكُنتُمْboʻlsangizбўлсангизصَـٰدِقِينَrostgoʻyростгўй
TafsirТафсир

Gapning xulosasi–shu. Choʻzib oʻtirishning hojati yoʻq. Modomiki, kofirlar Qurʼonni Muhammadning oʻzi toʻqib chiqargan, deyishayotgan ekan, demak, uni boshqa bir inson ham yarata olarkanda?! Ularning soʻzlaridan shu maʼno chiqadi-da. Ey, Paygʻambari oxiri zamon! Sen oʻsha «Qurʼonni Muhammadning oʻzi toʻqib olgan» deb aytayotgan kofirlarga:

«Agar rostgoʻy boʻlsangiz, unga oʻxshash bir sura keltiring va (bu ishga) Allohdan boshqa, kuchingiz yetganicha, kimni xohlasangiz, chaqiring», deb ayt.

Ha, agar shunday boʻlsa, oʻzlari Qurʼoni Karimning hammasini emas, hech boʻlmasa bittagina surasining oʻxshashini toʻqib keltirsinlar. Ozchilik boʻlsalar, xohlaganlaricha yordamchi chaqiraversinlar. Butun dunyo bir boʻlib urinsalar-da, Qurʼoni Karimdagi eng kichik suraning ham mislini yaratishga qodir emaslar.

Bu taklif voqelikda boʻlgan. Uni bajarishga urinib koʻrgan kofirlar ham boʻlganlar. Ammo ular hech narsani eplay olmaganlar. Bu sobit haqiqatdir. Asrlar, yillar, oylar va kunlar oʻtishi bilan Qurʼoni Karimning ilohiy moʻʼjizaligi tobora ayonlashib bormoqda. Ilm-fanning rivojlanishi bunga sabab boʻlyapti. Koʻpgina ilm egalari iymonga kelib, Islomni qabul etmoqda. Ular «Nima uchun musulmon boʻldingiz?» degan savolga, «Qurʼonni oʻqib chiqdim, bunday kitobni Allohning Oʻzi yaratmasa, inson zoti toʻqib chiqara olmaydi, degan fikrga keldim va musulmon boʻldim», deb javob bermoqdalar. Ammo, qadimda boʻlganidek, hozir ham koʻpchilik bu ilohiy kitobni oʻqimay yoki uni insof ila oʻrganmay turib, inkor qiladilar. U haqida turli boʻlmagʻur gaplar aytadilar. Hammalarining–avvalgilarning ham, keyingilarning ham Qurʼoni Karim haqidagi gaplari notoʻgʻridir.