وَمَا كَانَ هَـٰذَا ٱلْقُرْءَانُ أَن يُفْتَرَىٰ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلَـٰكِن تَصْدِيقَ ٱلَّذِى بَيْنَ يَدَيْهِ وَتَفْصِيلَ ٱلْكِتَـٰبِ لَا رَيْبَ فِيهِ مِن رَّبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ushbu Qur'on Allohdan boshqa tomonidan to`qib chiqarilgan emas. Va lekin u o`zidan oldingining tasdig`i va kitobning tafsilotidir. Unda hech shubha yo`q. U olamlarning Robbisidandir.Ушбу Қуръон Аллоҳдан бошқа томонидан тўқиб чиқарилган эмас. Ва лекин у ўзидан олдингининг тасдиғи ва китобнинг тафсилотидир. Унда ҳеч шубҳа йўқ. У оламларнинг Роббисидандир.Alauddin Mansour: Ushbu Qurʼon Allohdan oʻzga birov tomonidan toʻqilgan boʻlishi mumkin emas. Balki, u butun olamlar Parvardigori tomonidan kelgan va (haq ekanligiga) shak-shubha boʻlmagan oʻzidan avvalgi (Tavrot, Injil kabi) narsalarni tasdiqlovchi va (shariat hukmlaridan (iborat) mufassil Kitobdir.Ушбу Қуръон Аллоҳдан ўзга биров томонидан тўқилган бўлиши мумкин эмас. Балки, у бутун оламлар Парвардигори томонидан келган ва (ҳақ эканлигига) шак-шубҳа бўлмаган ўзидан аввалги (Таврот, Инжил каби) нарсаларни тасдиқловчи ва (шариат ҳукмларидан (иборат) муфассил Китобдир.
Qurʼoni Karimning soʻz va maʼno jihatini ham, hukm va hidoyat jihatini ham, tarixiy va voqeiy jihatini ham, qisqasi, hech bir jihatini Allohdan boshqa zot yaratishga qodir emas. Ha,
«Ushbu Qurʼon Allohdan boshqa tomonidan toʻqib chiqarilgan emas».
Bunday kitob faqat olamlarning Robbi Alloh tomonidan boʻlishi mumkin, xolos. Qancha-qancha odamlar Qurʼonning oʻzini emas, Qurʼonga oʻxshash narsani yaratishga urindilar. Ammo ularning hech biri Qurʼoni Karim u yoqda tursin, loaqal uning bir oyatiga oʻxshash jumlani ham keltira olmadilar. Oʻshalarning koʻplari iymonga kelib, ahli Qurʼon boʻldilar. Qurʼonning sohibi esa, Alloh, faqatgina Allohdir.
Shu bilan birga, uning boshqa sifatlari ham bor. Shulardan biri:
«Va lekin u oʻzidan oldingining tasdigʻi»dir.
Yaʼni, Qurʼon oʻzidan avvalgi Paygʻambar alayhissalomlarga kelgan barcha kitoblarning haqligini tasdiqlovchi kitobdir. Yana u:
«kitobning tafsilotidir».
Yaʼni, avvalgi barcha ilohiy kitoblardagi maʼnolarning mufassal bayonidir.