وَمَا يَتَّبِعُ أَكْثَرُهُمْ إِلَّا ظَنًّا ۚ إِنَّ ٱلظَّنَّ لَا يُغْنِى مِنَ ٱلْحَقِّ شَيْـًٔا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌۢ بِمَا يَفْعَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning ko`plari gumonga ergashadilar, xolos. Albatta, gumon haq o`rnida hech narsa bo`la olmas. Albatta, Alloh nima qilayotganlarini bilguvchi Zotdir.Уларнинг кўплари гумонга эргашадилар, холос. Албатта, гумон ҳақ ўрнида ҳеч нарса бўла олмас. Албатта, Аллоҳ нима қилаётганларини билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Ularning koʻplari jonli-jonsiz butlarga sigʻinishlarida faqat gumonga ergashadilar, xolos. Gumon esa biron narsada haqiqatning oʻrnini bosolmaydi. Albatta, Alloh ularning qilayotgan ishlarini bilguvchidir.Уларнинг кўплари жонли-жонсиз бутларга сиғинишларида фақат гумонга эргашадилар, холос. Гумон эса бирон нарсада ҳақиқатнинг ўрнини босолмайди. Албатта, Аллоҳ уларнинг қилаётган ишларини билгувчидир.
Allohning yoʻlida yurmaganlarning koʻplari, balki hammalari gumon va taxminga ergashadilar. Ulardan, nima uchun bu ishni qilmoqdasan, nima uchun bu yoʻlga yurmoqdasan, deb soʻralsa, beradigan javoblari faqat gumondan iborat boʻladi. Ha,
«Ularning koʻplari gumonga ergashadilar, xolos».
Qadimda butparastlar, ota-bobomiz shunday qilgan, biz ham qilmoqdamiz, deb javob berishgan. Hozirda ham falonchi aytgani uchun, pistonchi qilgani uchun, deyishadi.
«Albatta, gumon haq oʻrnida hech narsa boʻla olmas.»
Baʼzi birovlar «kommunistik gʻoya» degan safsatani oʻylab chiqargan kishilarni ham, ularga ergashganlarni ham xatodan xoli deb gumon qilib yurdilar. Lekin gumonlarining hech biri haq boʻlib chiqqani yoʻq. Hamma gaplari yolgʻon va notoʻgʻri ekani isbot boʻldi. Inshoalloh, boshqalari ham isbot boʻladi.
«Albatta, Alloh nima qilayotganlarini bilguvchi Zotdir.»
Keyingi oyatlarda Alloh taolo insoniyatni hidoyatga boshlash uchun nozil etgan Qurʼoni Karimning haqligi bayon qilinadi: