قُلْ هَلْ مِن شُرَكَآئِكُم مَّن يَهْدِىٓ إِلَى ٱلْحَقِّ ۚ قُلِ ٱللَّهُ يَهْدِى لِلْحَقِّ ۗ أَفَمَن يَهْدِىٓ إِلَى ٱلْحَقِّ أَحَقُّ أَن يُتَّبَعَ أَمَّن لَّا يَهِدِّىٓ إِلَّآ أَن يُهْدَىٰ ۖ فَمَا لَكُمْ كَيْفَ تَحْكُمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Sizning sherik keltirayotganlaringiz orasida haqqa hidoyat qiladigani bormi?» deb ayt. Sen: «Alloh haqqa hidoyat qiladir. Ergashishga haqqa hidoyat qiladigan Zot haqliroqmi yoki hidoyat qilmaydigan, balki o`zi hidoyatga muhtoj kimsami? Sizga nima bo`ldi?! Qanday hukm qilmoqdasiz?!» deb ayt.Сен: «Сизнинг шерик келтираётганларингиз орасида ҳаққа ҳидоят қиладигани борми?» деб айт. Сен: «Аллоҳ ҳаққа ҳидоят қиладир. Эргашишга ҳаққа ҳидоят қиладиган Зот ҳақлироқми ёки ҳидоят қилмайдиган, балки ўзи ҳидоятга муҳтож кимсами? Сизга нима бўлди?! Қандай ҳукм қилмоқдасиз?!» деб айт.Alauddin Mansour: Ayting (soʻrang): «Butlaringiz orasida haq yoʻlga hidoyat qila oladigan birov bormi?!» Ayting: «Alloh haq yoʻlga hidoyat qilur. Endi haq yoʻlga hidoyat qiladigan zot itoat etilishga haqliroqmi yoki (hech kimni) hidoyat qila olmaydigan, balki oʻzi hidoyatga muhtoj boʻlgan kimsami?! (Ey mushriklar), sizlarga ne boʻldi — qanday hukm chiqarmoqdasiz?!»Айтинг (сўранг): «Бутларингиз орасида ҳақ йўлга ҳидоят қила оладиган биров борми?!» Айтинг: «Аллоҳ ҳақ йўлга ҳидоят қилур. Энди ҳақ йўлга ҳидоят қиладиган зот итоат этилишга ҳақлироқми ёки (ҳеч кимни) ҳидоят қила олмайдиган, балки ўзи ҳидоятга муҳтож бўлган кимсами?! (Эй мушриклар), сизларга не бўлди — қандай ҳукм чиқармоқдасиз?!»
Inson bu dunyoda kimga ergashsa, toʻgʻri yoʻlda yurgan boʻladi va ikki dunyoning baxt-saodatiga erishadi? Mushrik va kofirlar ergashayotgan butu sanam va boshqa narsalar hidoyatga–toʻgʻri yoʻlga boshlay oladimi? Ular Paygʻambar yuborib, kitob nozil qilib, insonlarni toʻgʻri yoʻlga yoʻllab, ikki dunyo baxti bilan taʼminlay oladilarmi? Oyatda ushbu masalalar koʻndalang qoʻyilmoqda.
«Sizning sherik keltirayotganlaringiz orasida haqqa hidoyat qiladigani bormi?» deb ayt», degan ilohiy amr Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga berilmoqda. Qani, kim javob beradi? Inson oʻz qoʻli bilan yasab olgan haykallar, but-sanamlar haqqa hidoyat qila olmasligini ularni yasaganlar ham, ularga choʻqinganlar ham yaxshi biladilar.
Keyinchalik bu sodda koʻrinish ancha murakkablashdi. Oʻtmishdagi but-sanamlar endilikda turli dohiylar, siyosiy-ijtimoiy firqalar va tuzumlar shakliga kirdi. Ularning har biri, men haqqa hidoyat qilaman, deb jar soldi. Lekin hammasi birin-ketin muvaffaqiyatsizlikka uchrab, yoʻq boʻlib ketdi va ketmoqda. Bizning asrimizda bunga kommunistik tuzum yaqqol misoldir. Vaqtida kommunistlar butun dunyoga jar solib: «Faqat bizgina insoniyatni halokatdan qutqaramiz, faqat bizgina toʻgʻri yoʻlga boshlaymiz. Faqat bizgina insonlarga baxt-saodat beramiz, ularni yer yuzidagi jannatga–kommunizmga erishtiramiz», deyishgan edi. Ammo natija tamomila aksincha boʻlib chiqdi. Kommunistlar va ularning nizom-mafkurasi tufayli insoniyat oʻz tarixida koʻrmagan badbaxtliklarga, qiyinchiliklarga, vahshiyliklar va turli balo-ofatlarga yoʻliqdi. Oxir- oqibat kommunistlar xatolarini tan olishga majbur boʻldilar. Endi esa, boshqalar shunga oʻxshash daʼvolarni qilmoqdalar. Ammo bu ham vaqtinchalik, qolganlar ham bir kun kelib xatolarini tushunadilar. Chunki, insoniyat haq yoʻldan yursagina, ikki dunyo baxtiga erishadi. Haq yoʻl esa, faqat bittadir. Zero, faqatgina:
«Alloh haqqa hidoyat qiladir».
Insonni yaratgan ham, borliqni yaratgan ham Alloh. Shu inson shu borliqda qanday qilib haqqa erishishini, qanday qilib ikki dunyo baxtiga muyassar boʻlishini ham yolgʻiz Alloh biladi. Shu boisdan, U zot bandalariga Paygʻambar yuborib, ilohiy kitob tushirib, ularni haqqa hidoyat qilib turadi. Faqat Allohning hidoyatiga ergashganlargina saodatga erishadilar. Boshqaga ergashganlar saodatdan mahrumdirlar. Keling, aqlni ishlatib oʻylab koʻraylik: kimga ergashish kerag-u, kimga ergashmaslik kerak?
«Ergashmoqlikka haqqa hidoyat qiladigan Zot haqliroqmi yoki hidoyat qilmaydigan, balki oʻzi hidoyatga muhtoj kimsami?»
Albatta, ergashmoqlikka haqqa hidoyat qiladigan zot haqlidir. Bu zot esa, shubhasiz, Alloh taolodir. Shunday ekan, ey odamlar, nima uchun unga ergashmaysizlar:
«Sizga nima boʻldi?! Qanday hukm qilmoqdasiz?!»
Ushbu nido bugun dunyodagi barcha insonlarga qaratilgandir.
Chunki hozirgi odamlar kimga, nimaga ergashayotganlarini bilmaydilar: