قُلْ هَلْ مِن شُرَكَآئِكُم مَّن يَبْدَؤُا۟ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ ۚ قُلِ ٱللَّهُ يَبْدَؤُا۟ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ ۖ فَأَنَّىٰ تُؤْفَكُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Sizning sherik keltirayotganlaringiz orasida maxluqotni avval boshda yaratib, so`ngra uni qaytaradigani bormi?» deb ayt. Sen: «Alloh maxluqotni avval boshda yaratib, so`ngra uni qaytarar. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?» deb ayt.Сен: «Сизнинг шерик келтираётганларингиз орасида махлуқотни аввал бошда яратиб, сўнгра уни қайтарадигани борми?» деб айт. Сен: «Аллоҳ махлуқотни аввал бошда яратиб, сўнгра уни қайтарар. Бас, қаёққа бурилиб кетмоқдасизлар?» деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting (soʻrang): «Butlaringiz orasida avval-boshda oʻzi yaratib, soʻngra yana qayta yarata oladigan birov bormi?!» Ayting: «Alloh avval-boshda Oʻzi yaratib, soʻngra Oʻzi yana qayta yaratur. Bas, qay tarafga burilib ketmoqdasizlar?!»(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг (сўранг): «Бутларингиз орасида аввал-бошда ўзи яратиб, сўнгра яна қайта ярата оладиган биров борми?!» Айтинг: «Аллоҳ аввал-бошда Ўзи яратиб, сўнгра Ўзи яна қайта яратур. Бас, қай тарафга бурилиб кетмоқдасизлар?!»
Dunyoda maxluqotlar–yaratilgan narsalar juda koʻp. Inson hatto ularning nomini toʻla bilmaydi. Yangi-yangi maxluqlar kashf etilmoqda. Xoʻsh, bularni avval boshda yaratgan, yoʻqdan bor qilgan zot kim? Mushriklar Alloh taologa sherik qilayotgan but va sanamlarmi? Yoki oʻrtada yana boshqa birov ham bormi? Bu ulkan haqiqatni har bir inson, xususan, Allohga shirk keltirayotgan mushriklar jiddiy oʻylab koʻrishlari lozim va shartdir. Shuning uchun ham, Alloh taolo Oʻzining habib Paygʻambariga mushriklarga qarata quyidagicha xitob qilishni oʻrgatmoqda. Ey Paygʻambarim, mushriklarga:
«Sizning sherik keltirayotganlaringiz orasida maxluqotni avval boshda yaratib, soʻngra uni qaytaradigani bormi?» deb ayt».
Mavjudot yoʻq boʻlib, yana qaytadan vujudga kelishi turgan gap. Bu mantiqiy talab. Chunki, bu dunyoda yashab oʻtish bilan ish bitmaydi. Bu dunyo–vaqtinchalik va nuqsonli dunyo. Unda maxluqotlar kamolga yeta olmaydilar, qilgan yaxshiliklarining mukofotini, yomonliklarining jazosini toʻligʻicha olmaydilar. Adolat va hikmat yuzasidan ham oxirat zarurati tugʻiladi. Ana shu oxiratga maxluqotni kim qaytaradi? But-sanamlarmi? Yoʻq. Ular ham, boshqalar ham bu ishni qila olmaydilar.
«Alloh maxluqotni avval boshda yaratib, soʻngra uni qaytarar.»
Shunday ekan, bandalar hammasi U zotga iymon keltirib, U zotgagina ibodat qilishlari kerak-ku?! Ammo, ey odamlar, sizlar:
«Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?!»
Ey Paygʻambarim!