QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят33

كَذَٰلِكَ حَقَّتْ كَلِمَتُ رَبِّكَ عَلَى ٱلَّذِينَ فَسَقُوٓا۟ أَنَّهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shunday qilib, fosiqlik qilganlarga Robbingning so`zi haq bo`ldi. Ular iymon keltirmaslar.Шундай қилиб, фосиқлик қилганларга Роббингнинг сўзи ҳақ бўлди. Улар иймон келтирмаслар.Alauddin Mansour: Mana shunday qilib, iymon keltirmaganlari sababli itoatsiz kimsalar ustiga Parvardigoringizning («Albatta jahannamni kofirlar bilan toʻldirurman», degan) Soʻzi haq boʻldi.Мана шундай қилиб, иймон келтирмаганлари сабабли итоатсиз кимсалар устига Парвардигорингизнинг («Албатта жаҳаннамни кофирлар билан тўлдирурман», деган) Сўзи ҳақ бўлди.

212-sahifa · 11-juz · 22-hizb212-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَذَٰلِكَshunday qilibшундай қилибحَقَّتْhaq boʻldiҳақ бўлдиكَلِمَتُsoʻziсўзиرَبِّكَRobbingningРоббингнингعَلَىustigaустигаٱلَّذِينَkimsalarкимсаларفَسَقُوٓا۟fosiqlik qilganфосиқлик қилганأَنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларلَاemasэмасيُؤْمِنُونَiymon keltirurlarиймон келтирурлар
TafsirТафсир

Ularni birov iymon keltirishdan man etgani yoʻq. Oʻzlari ochiq- oydin dalillarni koʻra-bila turib tafakkur qilmaydilar, anglab turib, yana boshqa botil yoʻlga yurib ketadilar. Alloh taolo yaratgan mantiqni buzganlari uchun ushbu baxti qarolik boshlariga yogʻiladi.

Keyingi oyatlarda Allohning qudratiga dalillar keltiriladi va bunda mushriklar sherik qilayotgan but-sanamlarning ishtiroki bor-yoʻqligi haqida bahs etiladi hamda Paygʻambarimiz alayhissalomga mushriklarga qarshi keskin xitob qilish buyuriladi: