فَذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمُ ٱلْحَقُّ ۖ فَمَاذَا بَعْدَ ٱلْحَقِّ إِلَّا ٱلضَّلَـٰلُ ۖ فَأَنَّىٰ تُصْرَفُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, mana shu Alloh sizning haq Robbingizdir. Haqdan so`ng nima bo`ladi? Magar zalolat bo`ladi. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasiz?Бас, мана шу Аллоҳ сизнинг ҳақ Роббингиздир. Ҳақдан сўнг нима бўлади? Магар залолат бўлади. Бас, қаёққа бурилиб кетмоқдасиз?Alauddin Mansour: Bas, mana shu Alloh — haqiqiy Pavardigoringizdir. Haqiqatdan keyin esa faqatgina yoʻldan ozish bor, xolos (yaʼni, haqiqiy Parvardigoringiz boʻlmish Allohdan oʻzgaga sigʻinar ekansiz, albatta yoʻldan ozgan boʻlursiz). Bas, qay tarafga burilib ketmoqdasizlar?!Бас, мана шу Аллоҳ — ҳақиқий Павардигорингиздир. Ҳақиқатдан кейин эса фақатгина йўлдан озиш бор, холос (яъни, ҳақиқий Парвардигорингиз бўлмиш Аллоҳдан ўзгага сиғинар экансиз, албатта йўлдан озган бўлурсиз). Бас, қай тарафга бурилиб кетмоқдасизлар?!
Alloh sizning haqiqiy tarbiyakunandangiz–Robbingizdir. Haqiqat bitta boʻladi. U boʻlinmaydi. Haqdan boshqa yana nima boʻlishi mumkin? Faqat nohaq boʻladi, zalolat–adashish boʻladi. Shunday boʻlgandan keyin, ey bandalar, Allohning ibodatini qoʻyib, qaysi tomonga burilib ketmoqdasizlar?! Qayoqqa?!
Odamlarni tafakkurga, aqlni toʻgʻri ishlatishga daʼvat qilinsa, haqiqatni anglaydilar, ammo koʻplari oʻsha haqiqat boʻyicha ish koʻrmaydilar. Havoyi nafslarining gapiga kirib, boshqa tomonlarga, zalolatga burilib ketaveradilar.