QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят31

قُلْ مَن يَرْزُقُكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ أَمَّن يَمْلِكُ ٱلسَّمْعَ وَٱلْأَبْصَـٰرَ وَمَن يُخْرِجُ ٱلْحَىَّ مِنَ ٱلْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ ٱلْمَيِّتَ مِنَ ٱلْحَىِّ وَمَن يُدَبِّرُ ٱلْأَمْرَ ۚ فَسَيَقُولُونَ ٱللَّهُ ۚ فَقُلْ أَفَلَا تَتَّقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Sizlarni osmonlaru yerda kim rizqlantiradi? Yoki quloq va ko`zlaringizning egasi kim, tirikni o`likdan, o`likni tirikdan kim chiqaradi? Ishning tadbirini kim qiladi?» deb ayt. Ular, albatta: «Alloh», derlar. Bas, sen: «Taqvo qilmaysizlarmi?» deb ayt.Сен: «Сизларни осмонлару ерда ким ризқлантиради? Ёки қулоқ ва кўзларингизнинг эгаси ким, тирикни ўликдан, ўликни тирикдан ким чиқаради? Ишнинг тадбирини ким қилади?» деб айт. Улар, албатта: «Аллоҳ», дерлар. Бас, сен: «Тақво қилмайсизларми?» деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom) ayting: «Kim sizlarga osmon va zamindan rizq berur yoki kim quloq-koʻzlaringizga egalik qilur?! Kim oʻlikdan tirikni chiqarur va tirikdan oʻlikni chiqarur hamda kim barcha ishlarni tadbir qilib turur?!» Ular albatta: «Alloh», deydilar. Bas, siz ayting: «Axir Oʻsha zotdan qoʻrqmaysizlarmi?!»(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом) айтинг: «Ким сизларга осмон ва заминдан ризқ берур ёки ким қулоқ-кўзларингизга эгалик қилур?! Ким ўликдан тирикни чиқарур ва тирикдан ўликни чиқарур ҳамда ким барча ишларни тадбир қилиб турур?!» Улар албатта: «Аллоҳ», дейдилар. Бас, сиз айтинг: «Ахир Ўша зотдан қўрқмайсизларми?!»

212-sahifa · 11-juz · 22-hizb212-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْdeb aytдеб айтمَنkimкимيَرْزُقُكُمsizlarni rizqlantirurсизларни ризқлантирурمِّنَ-dan-данٱلسَّمَآءِosmonосмонوَٱلْأَرْضِva yerва ерأَمَّنyoki kimёки кимيَمْلِكُegasiэгасиٱلسَّمْعَquloqқулоқوَٱلْأَبْصَـٰرَva koʻzlarва кўзларوَمَنva kimва кимيُخْرِجُchiqarurчиқарурٱلْحَىَّtirikniтирикниمِنَ-dan-данٱلْمَيِّتِoʻlikўликوَيُخْرِجُva chiqarurва чиқарурٱلْمَيِّتَoʻlikniўликниمِنَ-dan-данٱلْحَىِّtirikтирикوَمَنva kimва кимيُدَبِّرُtadbirini qiladirтадбирини қиладирٱلْأَمْرَ ۚishишفَسَيَقُولُونَbas, albatta derlarбас, албатта дерларٱللَّهُ ۚAllohАллоҳفَقُلْbas, deb aytбас, деб айтأَفَلَا…maysizlarmi…майсизлармиتَتَّقُونَtaqvo qilasizlarтақво қиласизлар
TafsirТафсир

Avvalda ham bir necha bor takrorlanganidek, arab mushriklari Allohning borligini inkor etmas edilar. Ular «Allohning sherigi bor» degan aqiydalari bilan yoʻldan ozgan edilar. Ular Alloh toʻgʻrisida notoʻgʻri tasavvurda edilar. Chunki ular eʼtiqodda U zot haqidagi ilohiy taʼlimotlarga emas, oʻz tushunchalariga suyanishardi. Holbuki, inson tushunchasi komil emas, oʻzgarib turadi. Shu boisdan ham, arab mushriklari oʻz qoʻllari bilan yasab olgan butu sanamlarni kichik xudo sanab, ularga ibodat qilishar va bular katta Xudo huzurida bizga shafoatchi boʻladi, deb ishonishar edi. Oʻtgan oyatda ularning bu eʼtiqodlari buzuq ekani bayon qilindi, endi hushlarini joyiga keltirishga, oʻylab koʻrishga chaqiriladi; xatolarini toʻgʻrilashga uriniladi. Ey mushriklar, aytinglar-chi:

«Sizlarni osmonlaru yerda kim rizqlantiradi?»

Oddiy, ammo tadabburga chorlovchi savol. Inson hayoti davomida Alloh bergan rizq bilan tirik. Busiz u yashay olmasdi. U rizqning kelib chiqishiga, rizqqa aylanish jarayoniga bir razm solsin. Bularning hech birini oʻzi ham, boshqa biror zot ham qila olmasligiga aniq ishonib yetadi. Och qolgan odam bir burda non tutgan shaxsga yetti egilib taʼzim qiladi. Umr boʻyi uni madh etib yuradi. Aslini olganda, oʻsha shaxs Alloh bergan rizqning bir boʻlagini och qolgan kishiga yetkazadi, xolos. Oʻzi uni yoʻqdan bor qilmaydi. Shunday boʻlsa ham, bir parcha nonni olgan shaxs bergan shaxsdan cheksiz minnatdor boʻladi, maqtovlar aytib, umr boʻyi esdan chiqarmay yuradi. Holbuki, haqiqiy shukrni Allohga qilishi kerak edi. Chunki, haqiqiy rizq berguvchi Allohdir. U faqat och qolgandagina emas, balki har vaqt, har qanday rizqni ato etguvchidir. Shu bois, inson umrini doimo rizq yetkazib turguvchi Zotga shukr qilib oʻtkazishi kerak. Shukr esa, Unga iymon keltirish va ibodat qilish bilan boʻladi. Afsuski, koʻplar, arab mushriklariga oʻxshab, bu haqiqatni unutib qoʻyadi. Ammo, ushbu oyatdagi: «Sizlarni osmonlaru yerda kim rizqlantiradi?» degan savol hammaning koʻzini ochishi kerak. Undan keyin yana bir shunga oʻxshash–koʻzni ochuvchi, aqlni rostlovchi savol keladi. Ey mushriklar, aytinglarchi:

«Quloq va koʻzlaringizning egasi kim?»

Oʻzingizmi yoki but-sanamlaringizmi? Undan ham boshqa narsalar boʻlsa, aytavering!

Quloq va koʻz insonga berilgan eng buyuk neʼmatlardandir. Bu neʼmatlarning qadrini eslatib turish uchun Alloh taolo baʼzi bandalarini eshitish neʼmatidan, baʼzilarini koʻrish neʼmatidan mahrum qilib qoʻyadi. Ana oʻshalarga hech kim na eshitish qobiliyatini va na koʻrish qobiliyatini bera olmaydi. Bu borada maqtanib, olamni buzayotgan insonning qilgan ishi, bor-yoʻgʻi, keyinchalik paydo boʻlgan baʼzi holatlarni tuzatish yoʻli bilan eshitish yoki koʻrishni bir oz yaxshilashga sabab boʻladi, xolos. Buni ham Alloh bergan aql va bilimni ishga solib amalga oshiradi. Lekin dunyo olimlarining hammasi toʻplanib, hozirgacha bitta quloq yoki koʻz yasay olganlari yoʻq. Yasay olmaydilar ham. Holbuki, eshitish yoki koʻrishni yaxshilaydigan falon asbobni yaratdik, deb maqtanishlari olamni oladi, oʻsha asboblarning bahosi ham oz emas. Ammo, dunyodagi barcha maxluqotlarga inʼom etilgan eshitish va koʻrishning haqiqiy egasi kimligini bir tafakkur qilib koʻrsalar, Allohdan oʻzga hech kim bunga qodir emasligini anglab yetadilar.

Ey, mushriklar, aytinglarchi:

«tirikni oʻlikdan, oʻlikni tirikdan kim chiqaradi?»

Ushbu oyati karimalar nozil boʻlayotgan davrdagi odamlar tushunchasi boʻyicha, oʻsib-harakatlanib turgan narsalar tirik, harakatsiz, oʻsmay turgan narsalar oʻlik hisoblanar edi. Ana shu tasavvurga asoslangan avvalgi tafsirchilarimiz «oʻlikdan tirikni chiqarish»ga tuxumdan qushni, urugʻdan oʻsimlikni, danakdan daraxtni chiqarishni va shunga oʻxshash holatlarni misol qilib keltirganlar. Darhaqiqat, tuxum jonsiz narsa, ammo undan mukammal bir qush paydo boʻladi. Xoʻsh, buni kim chiqaradi? Urugʻ ham jonsiz bir modda, ammo yerga sochilsa, maʼlum vaqtdan soʻng oʻsimlik unib chiqadi. Danak ham jonsiz va qattiq qobiq bilan oʻralgan, lekin undan ham daraxt oʻsib chiqadi. Yoki, aksincha, hamma hayvonlar tirik bola tugʻadi, qushlar esa, jonsiz tuxumni. Oʻsib yetilgan oʻsimlikdan jonsiz urugʻ chiqadi.

Bularning hammasini kim qilmoqda? Albatta, Alloh!

Hozirda ilm taraqqiy etib, tuxum, urugʻ va danakda hayot borligi aniqlandi. Yaʼni, ularda nav yoki zotning asli boʻladi. Maʼlum bir taʼsir etuvchi omillar tufayli ular harakatlanib, qushga, oʻsimlikka yoki daraxtga aylanadi. Bu kashfiyotdan keyin xudosizlar, Xudoning yoʻqligiga dalil topdik, deb quvondilar. Har tarafga ayyuhannos soldilar. Lekin bir oz vaqt oʻtgandan soʻng, yana jimib qoldilar. Chunki alloma Vahiduddinxonga oʻxshash moʻmin ulamolar kofirlarni chuqurroq oʻylashga taklif etishdi. Xoʻp, tuxumda hayot bor ekan, maʼlum bir omil taʼsir qilsa, qushga aylanar ekan, oʻsha qobiliyatni tuxumning ichiga kim joylab qoʻydi? Qushning tumshugʻi, suyagi, ichagi va boshqa aʼzolari tuxumning qayerida edi? Ularni kim bu holga keltirdi? Tuxum bosgan ona qushmi yo inkubatorga tuxum qoʻygan parrandaboqarmi yoki kashfiyotchi iymonsiz olimmi? Urugʻdan oʻsimlik, danakdan daraxt chiqishi yoki aks jarayon xususida ham oʻylab koʻrsinlar!

Bularni ham qoʻyib, boshqa bir misol olaylik, deydi musulmon ulamolar. Ovqat olovda pishirilganida undagi hamma moddalar, hatto mikroblar ham oʻladi. Ammo shu oʻlik taom isteʼmol qilinsa, u inson hayotining asosi boʻlmish qonga aylanadi. Xoʻsh, buni kim qiladi? Albatta, Alloh!

Ey, mushriklar, aytinglarchi:

«Ishning tadbirini kim qiladi?»

Borliqdagi, koinotdagi, yer yuzidagi hamma mavjudot maʼlum bir qoida, tartib asosida harakatlanadi. Ularni bu holda kim boshqarib turibdi? Yoki butun borliq oʻzidan-oʻzi shunchalar daqiqlik bilan harakat qilmoqdami? Ehtimol, birorta iymonsiz kashfiyotchi boshqarib turgandir? Yoʻq, hammasining tadbirini Alloh taolo qilib turibdi.

Bunga arab mushriklarining ham ishonchlari komildir, shuning uchun ham, ularga mazkur savollar berilsa,

«Ular, albatta: «Alloh», derlar».

Ey Paygʻambar, ana shunda ularga:

«Taqvo qilmaysizlarmi?» deb ayt».

Yaʼni, chindan ham shunday boʻlsa, Allohdan qoʻrqmaysizlarmi? U sizga rizq, quloq, koʻz bergan boʻlsa, oʻlikdan tirikni, tirikdan oʻlikni chiqarayotgan boʻlsa, borliqdagi har bir ishning tadbirini qilayotgan boʻlsa, nimaga Undan qoʻrqmaysizlar? Nimaga Unga iymon keltirmaysizlar? Nimaga Unga ibodat qilmaysizlar?!

Ey, insonlar!