هُنَالِكَ تَبْلُوا۟ كُلُّ نَفْسٍ مَّآ أَسْلَفَتْ ۚ وَرُدُّوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ مَوْلَىٰهُمُ ٱلْحَقِّ ۖ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`sha yerda har bir jon o`zi qilib o`tgan ishdan so`ralur — xabardor bo`lur va haqiqiy xojalari Allohga qaytarilurlar. Hamda o`zlaricha to`qib chiqargan narsalari ulardan g`oyib bo`ladir.Ўша ерда ҳар бир жон ўзи қилиб ўтган ишдан сўралур — хабардор бўлур ва ҳақиқий хожалари Аллоҳга қайтарилурлар. Ҳамда ўзларича тўқиб чиқарган нарсалари улардан ғойиб бўладир.Alauddin Mansour: Oʻsha yerda har bir jon qilib oʻtgan ishidan xabardor boʻlur va (hammalari) haqiqiy Xojalari — Allohga qaytarilurlar hamda oʻzlari oʻylab toʻqib chiqargan butlari ulardan gʻoyib boʻlur.Ўша ерда ҳар бир жон қилиб ўтган ишидан хабардор бўлур ва (ҳаммалари) ҳақиқий Хожалари — Аллоҳга қайтарилурлар ҳамда ўзлари ўйлаб тўқиб чиқарган бутлари улардан ғойиб бўлур.
Ha, mahsharda har bir jonning qilgan amallari zarracha qoldirmay hisob-kitob qilinadi. U yerda har bir jonga u qilgan amallarning barcha–barchasi haqida xabar ham beriladi. Soʻngra, hamma, hamma jonlar birorta ham qolmay oʻzlarining haqiqiy xojalari, egalari, Alloh taoloning amriga qaytariladilar. U yerda mushriklarning oʻzlaricha toʻqib olgan but-sanamlari ularga yordam bera olmay, gʻoyib boʻladir.
Keyingi oyatda oxirat sahnalaridan bu dunyo hayotining voqeliklariga qaytiladi. Oxiratda mazkur noqulay holatga tushmaslik uchun bugungi kunda aql ishlatib, baʼzi narsalardan xulosa chiqarib, oʻzini oʻnglab olish imkoni borligi eslatiladi. Ushbu eslatish Paygʻambarimiz alayhissalomga u zot tomonidan mushriklarga beriladigan savolni oʻrgatish tariqasida keladi: