وَمِنْهُم مَّن يُؤْمِنُ بِهِۦ وَمِنْهُم مَّن لَّا يُؤْمِنُ بِهِۦ ۚ وَرَبُّكَ أَعْلَمُ بِٱلْمُفْسِدِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan unga iymon keltiradiganlar ham bor va ulardan unga iymon keltirmaydiganlar ham bor. Robbing esa, buzg`unchilarni yaxshi bilguvchi Zotdir.Улардан унга иймон келтирадиганлар ҳам бор ва улардан унга иймон келтирмайдиганлар ҳам бор. Роббинг эса, бузғунчиларни яхши билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Ularning (yaʼni, mushriklarning) orasida unga (Qurʼonga) ishonadiganlari ham bor. Ularning orasida unga ishonmaydiganlari ham bordir. Parvardigoringiz buzgʻunchi kimsalarni juda yaxshi bilguvchidir.Уларнинг (яъни, мушрикларнинг) орасида унга (Қуръонга) ишонадиганлари ҳам бор. Уларнинг орасида унга ишонмайдиганлари ҳам бордир. Парвардигорингиз бузғунчи кимсаларни жуда яхши билгувчидир.
Demak, Qurʼonga iymon keltirmaydiganlar buzgʻunchilardir. Chunki buzgʻunchilik va Qurʼon bir-birlariga tamoman qarama- qarshi taraflardir. Tabiatiga buzgʻunchilik oʻtirib qolgan kimsalarga Qurʼonning toʻgʻriligi, buzgʻunchilikka qarshi kurashi yoqmaydi. Shu bois, ular Qurʼondan chetlashadilar, u haqida yolgʻon gaplar aytadilar.
Lekin Alloh taolo hamma narsani bilib turguvchi Zot. Jumladan, buzgʻunchilarni ham yaxshi biladi. Ularning jazosini Oʻzi bilib beradi.
Mushriklarning Qurʼoni Karimga munosabati bayon qilinganidan soʻng, kelasi oyatlarda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamni ularning bu qilmishlaridan taʼsirlanmasdan, oʻz yoʻllarida davom etaverishga, ular bilan ora ochiq ekanini eʼlon qilishga chaqiriladi: