QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят41

وَإِن كَذَّبُوكَ فَقُل لِّى عَمَلِى وَلَكُمْ عَمَلُكُمْ ۖ أَنتُم بَرِيٓـُٔونَ مِمَّآ أَعْمَلُ وَأَنَا۠ بَرِىٓءٌ مِّمَّا تَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ular seni yolg`onchi qilsalar, sen: «Menga o`z ishim, sizlarga o`z ishingiz, sizlar men qiladigan ishdan poksizlar, men sizlar qiladigan ishdan pokman», deb ayt.Агар улар сени ёлғончи қилсалар, сен: «Менга ўз ишим, сизларга ўз ишингиз, сизлар мен қиладиган ишдан поксизлар, мен сизлар қиладиган ишдан покман», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), agar ular sizni yolgʻonchi qilsalar, u holda ayting: «Mening qilgan amalim oʻzim uchun, sizlarning amalingiz oʻzingiz uchundir. Sizlar mening amalimdan poksizlar, men esa sizlar qilayotgan amallaringizdan pokdirman».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), агар улар сизни ёлғончи қилсалар, у ҳолда айтинг: «Менинг қилган амалим ўзим учун, сизларнинг амалингиз ўзингиз учундир. Сизлар менинг амалимдан поксизлар, мен эса сизлар қилаётган амалларингиздан покдирман».

213-sahifa · 11-juz · 22-hizb213-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنva agarва агарكَذَّبُوكَseni yolgʻonchi qilsalarсени ёлғончи қилсаларفَقُلbas, aytбас, айтلِّىmengaменгаعَمَلِىoʻz ishimўз ишимوَلَكُمْva sizlargaва сизларгаعَمَلُكُمْ ۖoʻz ishingizўз ишингизأَنتُمsizlarсизларبَرِيٓـُٔونَpoksizlarпоксизларمِمَّآnarsadanнарсаданأَعْمَلُmen qiladiganмен қиладиганوَأَنَا۠va menва менبَرِىٓءٌۭpokmanпокманمِّمَّاnarsadanнарсаданتَعْمَلُونَsizlar qiladiganсизлар қиладиган
TafsirТафсир

Ular shunchalik dalillarni koʻrib-bilib, haqiqatni anglab yetganlaridan keyin ham iymon keltirmasalar, seni yolgʻonchiga chiqarsalar, unda ular bilan orani ochiq qilishingdan boshqa chora qolmaydi. Ey Paygʻambarim! Ularga yoʻllar boshqa-boshqa ekanini bildirib:

«Menga oʻz ishim, sizlarga oʻz ishingiz...» deb ayt.

Shu bilan birga, orada hech bir aloqa qolmaganini ham taʼkidlash lozim. Boʻlmasa, ular orqadan yana har xil gaplar qilib yurishlari mumkin:

«...sizlar men qiladigan ishdan poksizlar, men sizlar qiladigan ishdan pokman», deb ayt.»

Ha, sening ular qiladigan turli ishlar ila mutlaqo aloqang yoʻq. Shuningdek, ularning ham sen qilayotgan ishlar bilan mutlaqo aloqalari yoʻq. Sizlar tamoman boshqa-boshqa yoʻldasizlar.