وَمِنْهُم مَّن يَنظُرُ إِلَيْكَ ۚ أَفَأَنتَ تَهْدِى ٱلْعُمْىَ وَلَوْ كَانُوا۟ لَا يُبْصِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan senga nazar soladiganlari ham bor. Agar o`zlari (qalb ko`zlari ila) ko`rmasalar, ko`rlarni sen hidoyat qila olurmisan?!Улардан сенга назар соладиганлари ҳам бор. Агар ўзлари (қалб кўзлари ила) кўрмасалар, кўрларни сен ҳидоят қила олурмисан?!Alauddin Mansour: Ularning orasida sizga qarab turadiganlari ham bor (ammo koʻr odamdek, sizdagi paygʻambarlik belgilarini koʻrmaydilar). Axir siz, agar oʻzlari koʻrmasalar, koʻr kimsalarni hidoyat qila olurmisiz?!Уларнинг орасида сизга қараб турадиганлари ҳам бор (аммо кўр одамдек, сиздаги пайғамбарлик белгиларини кўрмайдилар). Ахир сиз, агар ўзлари кўрмасалар, кўр кимсаларни ҳидоят қила олурмисиз?!
Oʻsha bemaʼni kishilardan baʼzilari senga nazar soladilar, ammo qalb koʻzlari koʻr, koʻrgan narsalaridan ibrat olmaydilar. Ular koʻrlardan ham battardir. Unday koʻrlarga sen hidoyat yoʻlini koʻrsata olurmisan? Modomiki, seni va sendagi moʻʼjizalarni koʻrib turib ham, koʻzlari ochilmagan ekan, ularga hech kim, hatto sen ham hidoyat yoʻlini koʻrsata olmaysan.